2022-yil kelishi bilan 2021-yildagi muammolar hal bo'lib qolmaydi. Xususan, pandemiya barham topayotganidan darak yo'q.
2021-yilda "Amerika Ovozi" O'zbekistonni aylanib, So'x va Shohimardon anklavlaridan tortib, Afg'oniston bilan chegarasigacha bordi. O'zbek va ingliz tillarida unikal ma'lumotlar uzatdik, boshqa biror OAVda ko'rinmaydigan holatlar va jarayonlarni yoritdik.
Oddiy odamlardan tortib, siyosiy tizimning eng yuqori o'rinlarida o'tirganlar bilan suhbatlashdik. Muxolifatchilar va bugungi siyosatdan norozi fuqarolarni tingladik. O'zbekistonning eng chekka hududlarida o'ziga xos o'zgarishlar qilishga urinayotgan odamlar bilan gaplashdik.
Shuningdek, o'tgan yil mobaynida biz Toshkent, Farg'ona va Samarqandda qariyb 150 jurnalist bilan ishlab, ularni treninglardan o'tkazdik. O'zbekistonda iqtisod va moliya sohasini yoritishni targ'ib qildik. Korrupsiyani yoritish bo'yicha turli OAV xodimlarining malakasini oshirdik. Mana bu sahifada O'zbekistondan bergan materiallarimiz bilan birma-bir tanishishingiz mumkin.

Facebook Forum