Breaking News

Turkiya: liraning qadrsizlanishi xorijlik xaridorlar sonini oshirdi


Turkiyada xorijlik xaridorlar ko'paymoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

2021-yil turk lirasi uchun og’ir keldi. U dollarga nisbatan keskin qadrini yo’qotib, xorijliklar uchun turk tavorlari narxi arzonlashdi. Natijada qo’shni yurtlardan bu yerga savdo qilish uchun kelayotganlar soni oshdi.
Turkiya shimoli-g’arbidagi Edirne shahrida savdo qizimoqda. Xaridorlar orasida xorijliklar ko’p.

Turk lirasi qadrsizlangani tufayli narxlar arzonlagan. Bundan unumli foydalanish uchun bu yerga qo’shni Bolgariyadan ko’plab odamlar kelmoqda.

“Bozor uchun keldik, chunki narxlari juda yaxshi. Birinchi marta kelishimiz, taassurotlarimiz juda yaxshi. Oziq-ovqat, ichimlik, yog’ va boshqa narsalar sotib oldik”, - deydi Silvana ismli bolgariyalik xaridor.

“Bu yerdagi va o’zimizdagi narxlar orasida farq juda katta. Masalan, bitta futbolka o’zimizda 50 dollar bo’lsa, bu yerda 15-20 dollar. Farqi 30 dollar. Oilam uchun ba’zi narsalarni sotib olish maqsadida bu yerga keldim”, - deydi yana bir bolgariyalik.

O’tgan yili turk lirasi 44 foiz qadrini yo’qotdi. Hozirda bir AQSh dollari 14 turk lirasiga yaqin. Savdogarlar xorijlik xaridorlarning ko’payganidan mamnun bo’lsa, inflyatsiyaning oshishi tufayli mahalliy aholining xarid quvvati kamayib bormoqda.

“O’z fuqarolarimiz uchun qimmatlik qilyapti, lekin bolgariyaliklardan talab oshdi. Turkiya fuqarosi sifatidan bundan xursand emasman. O’z xalqim yeyishi mumkin bo’lgan narsani boshqalarga sotishni xohlamasdim, lekin biz shunga majburmiz”, - deydi Hasan Chetin ismli savdogar.

Mahalliy aholi narx-navodan norozi.

“Xarid qilishga qurbi yetmagani uchun o’zimizning odamlar bu yerga kelmaydi. Bozor bolgariyaliklar bilan to’la. Ularning valyutasi 8-9 liraga to’g’ri keladi. Narxlar ular uchun arzon, biz uchun esa qimmat”, - deydi mahalliy fuqarolardan biri.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog’an narxlar oshishida mahsulotlarni sotmasdan g’amlab qo’yayotganlarni aybladi. Unga ko’ra, tovarlarni yig’ib qo’yganlarga qarshi tez orada og’ir jarimalar belgilanadi.

Turk lirasining qadrsizlanishi va o'zbekistonliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:33 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG