"Islomiy davlat" Xuroson terror guruhi lideri Sanaulla G'afariyni topishga yordam bergan informatsiya uchun AQSh 10 million dollar taklif qilmoqda. G'afariy 2021-yilning avgustida Kobul xalqaro aerportida qilingan hujum ortida turgan asosiy terrorchi deb biladi. Hurujda 13 amerikalik harbiy va kamida 170 afg'on halok bo'lgan.
"Islomiy davlat" Xuroson terror guruhi Afg'onistonda 2014-yildan beri faol, deydi ekspertlar. U Tolibon va Kobuldagi markaziy hukumatga qarshi kurashib kelar edi. Hozirda esa mamlakatdagi asosiy dushmani davlatni boshqarayotgan toliblardir.
G'afariy 2020-yildan beri guruhga yetakchilik qiladi. Amerika razvedkasiga ko'ra, u - o'nlab qonli xurujlarga hamda jangarilarni moliyaviy ta'minlashga javobgar odam.
2021-yilning noyabrida AQSh Davlat departamenti G'afariyni "alohida maqomdagi global terrorist" deb belgilagan.
26-avgust kuni Amerika minglab afg'onlarni Kobuldagi xalqaro aeroportdan maxsus samolyotlarda evakuatsiya qilish bilan band ekan, "Islomiy davlat" Xuroson terror guruhi gavjumda joyda bomba portlatgan.
AQSh unga ishlagan afg'onlarni vaqtida olib chiqilb ketmaganlikda ayblanadi.
Maxfiy xizmatlar taxminicha, "Islomiy davlat" Xuroson terror guruhi xorijda ham xurujlar qilishi mumkin.
Facebook Forum