Breaking News

Afg’onistonda o’zbek tilida bilim va axborot berish keskin kamaygan


Afg’oniston o’zbeklari: Tilimiz himoyaga muhtoj
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:43 0:00

Afg’oniston o’zbeklari: Tilimiz himoyaga muhtoj

Afg’oniston o’zbeklari mamlakatda o’zbek tili maqomini saqlab qolish uchun yordam so’ramoqda. Jurnalistlarning bu murojaati xalqaro tashkilotlarga, muammoga befarq bo’lmagan o’zbek jamoatchiligiga ham qaratilgan.

Ular nazarida O'zbekiston hukumati Afg’onistondagi o’zbeklar, ularning tili va madaniyati taqdirini toliblarga, tan olinmagan hukumat ixtiyoriga topshirib qo’ygan.

O’zbekistondan keyin eng ko'p o’zbek yashaydigan mamlakat bu Afg’oniston.

O’zbek allomalarining, xususan Alisher Navoiyning qabri Afg’onistonda.

O'zbeklar katta sonda istiqomat qiladigan Mozori-Sharif ko'chalarida, 22-dekabr, 2021
O'zbeklar katta sonda istiqomat qiladigan Mozori-Sharif ko'chalarida, 22-dekabr, 2021

Bugun Afg’onistonda taxminan 6 million o’zbek yashaydi, deydi faollar, ammo ular o’z ona tilida o’qish imkoniyatidan mahrum. O’zbek tilli maktablar faoliyati to’xtagan, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan fuqarolar, ravnaq topish istagidagi o’zbeklar pushtun yoki fors tilida bilim olishga majbur.

Afg’onistonda o’zbek ziyolilari ona tili taqdiridan jiddiy xavotirda. O'tgan 20 yil mobaynida unga e'tibor oshib, ilm dargohlari va axborot vositalarida o’zbek tili ko'proq va kengroq ishlatila boshlagan edi.

“Oyna” telekanali jurnalisti Ismoil Sangar ta’kidlashicha, bugungi manzara mutlaq boshqacha. Tolibon hukumatga kelganidan beri o’zbek tilida ilm va axborot berish keskin kamaygan.

Xalqaro hamjamiyat va dunyo o’zbeklari, deydi Sangar, bu masalaga diqqat qaratishi lozim.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG