Venadan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Matbuot erkinligi bo'yicha maxsus vakili Tereza Ribeyro Ukrainada davom etayotgan urushda jurnalistlarni himoya qilishga chaqirmoqda.
"Qurolli mojarolar paytida matbuot xodimlari tinch aholi vakillari hisoblanadi", - deya eslatmoqda rasmiy.
26-fevral kuni Sumi viloyatida daniyalik jurnalist Stefan Uiykert va tasvirchi Emil Filtenborg Mikkelsen jarohatlangan. Ikkalasi ham kasalxonada.
Kecha, shuningdek, Xersonda bloger Dilerbek Shakirov o'q tegib halok bo'lgan.
Ribeyro bu voqeani qoralar ekan, urushda jang qilayotgan har bir taraf jurnalistlarni ehtiyot qilishi shart, deydi.
Ukraina hukumati ommaviy axborot vositalari xodimlariga nisbatan hujumlarni birma-bir taftish qilib, adolatni ta'minlashga so'z bergan.
Facebook Forum