Breaking News

Ikki o'smir qochoqlarga uy-joy topishda yordam beruvchi sayt yaratdi


Qochoqlarga uy-joy topishda yordam berayotgan loyiha
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

Ukraina urush domiga tortilar ekan, sietllik o’smir Avi Shifmen qochoqlarga yordam berishga qaror qildi. U o’z uyidan joy berishni istagan odamlar va uy-joyga muhtoj qochqinlarni bir-biriga bog’lab qo’yadigan sayt ochdi.

2020-yil dekabrda o’sha payt 17 yoshda bo’lgan Avi Shifmen koronavirusga chalinganlarni kuzatuvchi mobil ilova yaratgani uchun “Webby Awards” tomonidan “Yil odami” deb topilgan edi.

Shundan so’ng u Garvard universitetiga o’qishga kirdi. 2022-yil 28-fevral kuni, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan to’rt kun o’tib, unda ukrainalik qochoqlarga turar-joy topishda yordam beruvchi ilova yaratish fikri tug’ildi. Loyiha mart boshida ishga tushdi.

“Nimalar yuz berayotganini kuzatib, ko’plab qochoqlar Polsha, Germaniya, Moldova, Vengiya kabi davlatlarga o’tayotganini ko’rdim. Ularga joy topish dasturlari juda samarasiz va millionlab odamlarga tatbiq qilib bo’lmas holatda edi”, - deydi Shifmen.

Shundan so’ng u e'lonlar taxtasiga o'xshagan va har qanday qurilmada ishlaydigan oddiy vebsayt yaratdi. Qochoqlar o’zlari turgan hududni kiritib, shu atrofda uyidan bepul joy berishni istagan odamlarni topishi mumkin. Shifmen bu ishni do’sti Marko Burstin bilan birga qildi.

“Ukrainalik qochoqlar olgan va internetga qo’ygan tasvirlarni ko’p ko’rdim. Avi ikkalamiz texnologiyaga bo’lgan qiziqishimiz orqali buni odamlarga yordam berish imkoniyati deb bildik”, - deydi Burstin.

“Uch kun uxlamasdan tunu kun shu sayt ustida ishladik. Miyaga ozgina dam berish va energiya yig’ish uchun balki 30 daqiqacha tanaffus olgandirmiz”, - deydi Shifmen.

Ikki yosh yigit o’z loyihasini “Ukraina uchun boshpana” deb atadi. Bir necha kun ichida dunyo bo’ylab 10 minglab odam ukrainaliklarga yordam berish uchun saytda ro’yxatdan o’tdi. Qisqa so’zlar orqali ular qancha muddatga va nechta odamga joy bera olishi, huquqiy yoki tibbiy yordam ko’rsata olish yoki olmasligi kabi ma’lumot beradi.

E’lonlar nemis, polyak, fransuz, ingliz va norveg tillarida. Tarjima dasturi yordamida yana istalgan boshqa tilga o’girish mumkin.

Joy beruvchi mezbon topilsa, qochoqlar u bilan “Telegram”, “Signal” yoki “WhatsApp” messenjeri orqali aloqaga chiqadi. Har bir e’londa mezbonning aloqa ma’lumotlari ko’rsatilgan.

“Ma’lumotlarni yig’uvchi bot dasturlariga qarshi himoya mexanizmlarimiz bor. Nomaqbul e’lonlar haqida xabar berish tizimi ham mavjud. Bunday xabarlar zudlik bilan o’chiriladi. Mezbonning haqiqiy ekanini aniqlash, buni qanday tekshirish va uchrashish bo’yicha qochoqlarga yordam qo’llanmalari ham beriladi”, - deydi Burstin.

Qochqinlar: Urush tugadi degan xabarni kutib yashayapmiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:33 0:00

“Vebsayt xavfsiz va ishonchli bo’lishiga alohida e’tibor qaratdik. Hatto ma’lumotlar bazasini qo’lga kiritgan taqdiringizda ham u yeda qochoqlar yoki mezoblarga oid biror shaxsiy ma’lumot topa olmaysiz. Joylashgan lokatsiyalarini ham ko’rsatmaymiz”, - deydi Shifmen.

Polshaning Krakov shahrida yashovchi Kamil Malinovskiy yordamga bel bog’lagan ko’ngillilardan.

“Bugun bir ona va 15 yoshli bolani qabul qildim. 24 soatdan beri uxlashmagan ekan. Ular hozir zalda uxlayapti. Ertagacha turishmasa kerak. Ertaga ertalab ular uchib ketishi kerak”, - deydi u.

Shifmen va Burstin loyihani yaxshilash ustida ishni davom ettiryapti. Ular endi turli mamlakatlarda qonuniy qochoq maqomini qanday olish bo’yicha ma’lumotlarni ham saytga qo’ymoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG