Breaking News

Sanksiyalar nega Rossiya rubliga ta'sir qilmayapti?


Rubl qadri nega oshyapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:17 0:00

Har qanday mamlakatda valyuta kursi barqarorlik va iqtisodiy qudrat indiaktori hisoblanadi. Rossiyaga nisbatan keskin iqtisodiy sanksiyalar qo’llanishi ortidan mutaxassislar rubl taqdirini yaqindan kuzatmoqda.

24-fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan ilk kunlarda rubl qadri keskin tushib ketdi. Ekspertlar yaqin kelajakda bir dollar 200 rubldan oshishini bashorat qildi.

Mart boshida bir dollar 140 rubl, yevro esa 150 rubl qiymatda sotildi.

“Sanksiyalar joriy qilingach, rublga talab keskin tushib ketdi. Chunki dunyo bo’ylab ko’plab kompaniyalarga rublda oldi-berdi qilish taqiqlandi. Rossiya kompaniyalari ham transaksiyalarni dollarda amalga oshira olmadi. Rossiyaliklar uchun dollar tanqislashdi, rubl esa ko’payib ketdi. Shu bois u qadrsizlandi”, - deydi Michigan universiteti professori Paolo Paskuarello.

May boshida esa rubl qadri keskin oshib, bir dollar 70 rubldan pastga tushdi. Rossiya davlat telekanallari buni G’arb sanksiyalari ustidan qozonilgan g’alaba sifatida e’lon qilgan bo’lsa-da, ekspertlar fikricha, rubl qadri Rossiya Markaziy banki amalga oshirgan keskin cheklov choralari tufayli sun’iy ushlab turilibdi.

“Markaziy bank valyutani nazorat qilishi mumkin bo’lgan uchta asosiy yo’l bor. Birinchisi sotib olish. Agar milliy valyuta qadrini oshirishni xohlashsa, uni ko’proq sotib olishadi. Ikkinchisi foiz stavkasini oshirish. Natijada mahalliy valyutaning jozibasi ortadi. Ular odamlarning pul olib kirishi va olib chiqishini ham cheklashlari mumkin. Markaziy Bank bularning barchasini qildi. Ammo buni doimiy qila olmaysiz, chunki yuqori foiz stavkasi mahalliy iqtisodiyotni o’ldiradi”, - deydi ekspert.

O’tgan 30 yil davomida rossiyaliklar milliy valyuta bilan bog’liq barcha ssenariylarga guvoh bo’lgan. Uning erkin harakatiga qo’yilgan to’liq taqiqdan tortib rubl qadrining qasddan tushirilishigacha bo’lgan choralar amalga oshirilgan.

Iqtisodchilarning aytishicha, rubl qadrining sun’iy ushlab turilishi iqtisodiyotga biror naf keltirishdan ko’ra ko’proq aholiga ruhiy quvvat vazifasini o’taydi.

“Ular jadvalga qarab, rubl qadri oshayotganini ko’rishadi va bu go’yoki ularning hukumatga ishonchini mustahkamlaydi. Lekin Rossiya iqtisodiyoti foyda ko’rishi uchun rubl qadri baland bo’lishi kerak, degan iqtisodiy argument mavjud emas. Aslida Rossiya zaif rubldan ko’proq foyda ko’rishi mumkin”, - deydi Paskuarello.

Sanksiyalar tufayli Moskva energiya mahsulotlarini asosan Osiyo mamlakatlariga sotmoqda. Rubl qadrining ko’tarilishi xaridorlar uchun narxni ham oshiradi.

Mijozlarini yo’qotmaslik uchun Rossiya Hindiston kabi davlatlarga neftni katta chegirma bilan sotishga majbur bo’lmoqda. Bu esa uzoq davom eta olmaydi.

“Rossiya Markaziy banki iqtisodiyotning qizishiga imkon bermayapti. Qisqa muddatda rubl barqarorlashadi. Ammo uzoq muddatda buning badalini Rossiya iqtisodiyoti to’laydi”, - deydi iqtisodchi.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar G’arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarda yakdil tursa, tez orada Rossiya buning og’ir asoratlarini o’z iqtisodiyotida sezishni boshlaydi.

Rubl qulashi O’zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko’rsatyapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:23:22 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG