Breaking News

Afg’oniston: Aksar oilalar nochor, yordam yetarli emas


Muhammad Hanif Yordam 2013-yilda Faryob viloyatida tashkil etilgan “Yordam” jamg’armasiga boshchilik qiladi.

Tashkilotning asosiy vazifasi – Afg’onistonga gumanitar ko’mak jalb qilib, uni muhtoj oilalarga yetkazib berish.

Afg’onistonda o’tgan yilning avgust voqealaridan so’ng vaziyat o’zgarar ekan, bunday tashkilotlarga talab yanada oshgan.

“Yordam” jamg’armasi asosan ko’ngillilardan tashkil topgan.

“Yordam” jamg’armasi bilan 100 ga yaqin yoshlar, ziyolilar, doktor va injenerlar ko’ngilli ravishda hamkorlik qilishadi”, - deydi Muhammad Hanif Yordam.

Afg'onistonda iqtisodiy ahvol nihoyatda og'ir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Ishsizlik va qashshoqlik hukm surayotgan mamlakatda vaziyat yaqin orada o’zgaradiganga o’xshamaydi. Tumanlar va olis hududlarda ahvol nihoyatda og’ir. Shu bois ham muhtoj oilalarni saralash qiyin, chunki ko’pchilik nochor. Yordam esa yetarli emas.

“Har yili 5-6 ming oilaga yordam yetkazib beramiz”, - deydi suhbatdosh.

Urushdan tinkasi qurigan xalq ocharchilik bilan kurashmoqda. Qozoni qaynamaydiganlar talaygina.

“Sizlarni duoda yodlayman. Meni va bolalarimni och qo’ymadingizlar. Yordam berdingizlar, boringizga shukr”, - deydi faryoblik ayol.

Tashkilot vakillari kambag’al insonlar bilan doimiy aloqada. Odamlarning dardi bilan yaqindan tanish.

“O’zimga qarashga kuchim yo’q. Yashayotgan uyimizga har oy 1500 afg’oni (17 dollar) ijara puli to’layman. Xudodan boshqa eshitadiganimiz yo’q”, - deydi faryoblik otaxon.

Bugungi kunda sanoqsiz xorijiy tashkilotlar Afg’onistonni tark etgan yoki faoliyatini cheklagan. Savdo-sotiq sust. Ko’plab mahalliy bizneslar to’xtagan. Bunday omillar iqtisodiyot keskin zaiflashishiga olib kelgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG