O’zbekistonda non va un mahsulotlari qimmatlashayotgani xavotirlarga sabab bo’lmoqda. “Buxanka” nomi bilan mashhur non 1600 so’mdan 2800 so’mgacha oshgan. Iqtisodchi Abdulla Abduqodirovning aytishicha, so’nggi o’zgarish hukumat subsidiyalardan voz kechayotgani bilan bog'liq.