Breaking News

26 yoshli amerikalik Oliy sud a'zosini o'ldirishga uringanlikda ayblanmoqda


AQSh Oliy sudi oldida namoyishlar, 3-may, 2022
AQSh Oliy sudi oldida namoyishlar, 3-may, 2022

Politsiyaning tasdiqlashicha, Kaliforniya shtatidan poytaxt Vashingtonga kelib, Oliy sud a'zosini o'ldirishga uringan fuqaro hibsda.

26 yoshli Nikolas Jon Roske Oliy sudya Brett Kavananing uyi oldida 8-iyun kuni erta tongda ushlangan. Kavana Vashingtonga qo'shni Merilend shtatida yashaydi.

Ayblanubchi sudyaning maxsus qo'riqchilari nazariga tusgan, ular darhol politsiyaga xabar qilgan. Roske Kavananing uyiga taksida kelgan. Keyin u favqulodda xizmatlar bilan bog'lanib, o'zini va sudyani o'ldirish niyatida ekanini bildirgan. Suhbat bir necha daqiqaga cho'zilgan. Bu orada politsiya yetib kelgan.

Roske manzilga o'zi bilan qurol, o'q-dori, pichoq, ko'zni yoshlantiradigan modda, og'ir turdagi skotch, plastik qop va boshqa ashyolar olib kelgan.

Politsiya va sud hujjatlarida qayd etilishicha, Roske Oliy suddan g'azabda bo'lgan. Sabab, degan u, bu organ ayollarning abort qildirish huquqini cheklashi mumkin.

Oliy sud 1973-yilda chiqargan hukmini chetga suruvchi qaror chiqarish arafasida, degan ma'lumotlar anchadan beri muhokamada. Homilani oldirish huquqi himoyachilari Vashingtonda bir necha haftadan beri namoyishda. Ular hatto sudyalarning hovlilari oldida ham chiqishlar qilgan.

Oliy sud a'zosi Brett Kavana yashaydigan uy, Merilend shtati
Oliy sud a'zosi Brett Kavana yashaydigan uy, Merilend shtati

Roske politsiyaga aytishicha, u Amerika bo'ylab otishmalardan ham norozi, qatliomlar uni qattiq stressga tushirgan.

AQSh Adliya vaziri Merrik Garland deydiki, sudyalarga nisbatan har qanday tahdid va zo'ravonlikka aslo toqat qilinmaydi.

'Demokratik tizimimiz adolatni kafolatlaydi. Xavf solganlar qonun oldida javob beradi", - deydi Garland, jurnalistlar bilan gaplashar ekan.

Kavana qatori Oliy sudning barcha a'zolarining qo'riqchilari ko'paytirilgan, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Oliy sud to'qqiz a'zodan iborat, aksariyati konservator sudyalar sanalib, abort singari huquqlar ular davrida cheklanishi mumkin degan xavotir kuchli.

Oliy sudyalar bir umrga tayinlanadi. Ular lavozimga prezident tomonidan ko'rsatiladi va Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak. Kursini o'z xohishi bilan bo'shatishi mumkin yoki qonunga xilof harakati uchun lavozimdan olinishi mumkin.

23-aprel, 2021: AQSh Oliy sudi a'zolari, chapdan pastki qatorda Samuel Alito, Klerens Tomas, Jon Roberts, Stiven Breyer, Soniya Sotomayor; yuqori qatorda chapdan Brett Kavana, Elena Keygen, Nil Gorsuch, Eymi Koni Barrett.
23-aprel, 2021: AQSh Oliy sudi a'zolari, chapdan pastki qatorda Samuel Alito, Klerens Tomas, Jon Roberts, Stiven Breyer, Soniya Sotomayor; yuqori qatorda chapdan Brett Kavana, Elena Keygen, Nil Gorsuch, Eymi Koni Barrett.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG