Breaking News

Abort – Amerikada eng bahsli mavzulardan biri


AQSh Oliy sudi binomi qarshisida abortga qarshi namoyishchilar.  Vashinton shahri, 1-dekabr, 2021. 
AQSh Oliy sudi binomi qarshisida abortga qarshi namoyishchilar.  Vashinton shahri, 1-dekabr, 2021. 

Amerikada Oliy sud abortni qonuniylashtirganiga 49 yil bo’ldi. Shu munosabat bilan, Vashingtonda abortga qarshi odamlar namoyishga chiqdi. Ular qonun bekor qilinishini istaydi.

Abort – Amerikada eng bahsli mavzulardan biri.

Oq uy ayollarning abort qilish imkoniyatlarini yaxshilashga chaqirdi. Bayden ma’muriyatiga ko’ra, abortni taqiqlash shaxs erkinligini taqiqlashdir

Biz uchun bu reproduktiv salomatlikni, konstitutsiyaviy huquqni va odamlarning o'z kelajagini o’zi qurish erkinligini himoya qilish kunidir, dedi Oq uy so’zlovchisi Jen Psaki.

Psaki Oliy sudning Texasning yangi qonuniga aralashmaslik to'g'risidagi qarori haqida ham so’zlab o’tdi. Qonunga ko’ra, homilani olti haftadan so’ng olib tashlash mumkin emas, homila jinsiy zo'rlash yoki qarindoshlar o’rtasidagi aloqa natijasi bo’lgan bo’lsa ham.

Respublikachilar yillar davomida abort to'g'risidagi qonunlar juda zaifligidan shikoyat qilib keladi.

“AQSh xalqaro hamjamiyatda ajralib turadi. Abortlarga kelganda, biz Shimoliy Koreya va Xitoy qatori abortga ruxsat bergan davlatlar qatoridamiz”, - deydi respublikachi senator Jon Kornin.

Abort Yevropa va dunyoning ko’pgina rivojlangan malakatlarida qonuniy.

Dekabrda AQSh Oliy sudi Missisipi shtatining homiladorlikni 15-haftasidan keyin abortni taqiqlashga qaratilgan qonunini ko'rib chiqdi.

Missisipi qonuni Oliy sudning embrion yuragi urgunga qadar abortga ruxsat berilishi kerakligi haqidagi qaroriga mos kelmaydi.

Mississipi Oliy sudning bu qarori bekor qilinishni istaydi.

Menimcha, abort vahshiylikdir

“Menimcha, abort vahshiylikdir”, - deydi abortga qarshi namoyishchilardan biri.

Yana boshqalar esa hukumat ayollarning shaxsiy ishiga aralashishni to’xtatishi lozim deb hisoblaydi.

Siyosatchilar ayollarning tanasini nazorat qilmoqda

“Siyosatchilar ayollarning tanasini nazorat qilmoqda. Siyosatchilar odamlarning sog'liqni saqlash xizmatidan foydalanishga doir shaxsiy qarorlarini nazorat qilmoqda”, - deydi demokrat qonunchi Luis Frankel.

Mississipidagi abortga qarshi namoyishchilarga Oliy Sudda konservativ sudyalarning ko’pligi umid bermoqda.

Oliy sudning qarori esa bu yil ma’lum bo’ladi.

“Siyosatchilar ayollarning tanasini nazorat qilmoqda. Siyosatchilar odamlarning sog'liqni saqlash xizmatidan foydalanishga doir shaxsiy qarorlarini nazorat qilmoqda”, - deydi demokrat qonunchi Luis Frankel.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG