Breaking News

Qoraqalpog'istonda kelasi bir oy favqulodda holat hukmron


Mirziyoyev: Qoraqalpog'iston bilan bog'liq moddalar o'zgarmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:51 0:00

Mirziyoyev: Qoraqalpog'iston bilan bog'liq moddalar o'zgarmaydi

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2-iyul kuni imzolagan farmoniga binoan Qoraqalpog'istonda 3-iyuldan 2-avgustgacha favqulodda holat hukm suradi.

O‘zbekiston konstitutsiyasining 93-moddasi 19-bandi va “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonunining 5–7-moddalariga muvofiq, prezident qator choralar ko'rishni buyurgan.

Favqulodda holat amal qilishi davrida 21:00 dan 07:00 ga qadar komendantlik soati joriy etiladi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Djurayev - Qoraqalpog‘iston hududining komendanti.

Nukus yaqinidagi qishloq, Qoraqalpog'iston
Nukus yaqinidagi qishloq, Qoraqalpog'iston

O‘ta muhim hisoblangan, toifalangan obyektlar hamda aholining turmushi uchun o'ta zarur deb belgilangan infratuzilma himoyasi kuchaytiriladi.

Qoraqalpog‘istonda harakatlanish erkinligi, jumladan transport vositalari cheklanadi.

Jismoniy shaxslarning hujjatlari tekshirilishi, ko‘rikdan o‘tkazilishi, ulardagi ashyolar va transport vositalari ko‘zdan kechirilishi mumkin.

Qoraqalpog‘istonga kirish va undan chiqish cheklanadi.

Tinch yig‘ilishlar, ko‘ngilochar, sport va boshqa ommaviy tadbirlar taqiqlanadi.

Nukus yaqinidagi qishloq, Qoraqalpog'iston
Nukus yaqinidagi qishloq, Qoraqalpog'iston

Yuridik shaxslar faoliyatini to‘xtatish yoki tugatishga qaratilgan ish tashlashlar va boshqa har qanday harakatlar man etiladi.

Qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalarning sotilishi taqiqlanadi.

Dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar va etil spirti va alkogol mahsulotlari bilan bog'liq tartib keskinlashadi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan qurol, o‘q-dori, zaharli moddalar bilan bir qatorda harbiy va o‘quv-harbiy texnika, portlovchi va radioaktiv moddalar vaqtincha olib qo‘yiladi.

Nukus, Qoraqalpog'iston
Nukus, Qoraqalpog'iston

Farmonda qurol, jangovar va maxsus texnika qo‘llanilgan harakatlar va to‘qnashuvlarda qarama-qarshi taraflar ajratilishi buyuriladi.

Prezident Mirziyoyev farmonda Komendant Djurayevga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston xavfsizligini ta’minlash va huquq-tartibotni saqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga ko'rsatma va ruxsat beradi.

Hujjatga ko'ra, favqulodda holatni yuritish uchun zarur mablag' O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi zaxira fondi va boshqa davlat manbalaridan ajratiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG