Breaking News

AQSh Nukus voqealarini Oliy Majlis komissiyasi tekshirayotganini olqishladi


AQShning Toshkentdagi elchixonasi Oliy Majlis Qoraqalpog'istonda 1-2 iyuldagi beqarorlikni tekshirish uchun komissiya tuzganini olqishlamoqda.

"Komissiyaning joriy etilishi voqealarni to'liq, ishonchli va shaffof tarzda taftish qilish va inson hayotiga zomin bo'lganlarni javobgarlikka tutish tomon muhim qadam", - deyiladi elchixona chiqargan qisqa bayonotda.

AQSh, Yevropa Ittifoqi, BMT va inson huquqlari tashkilotlari O'zbekistonni Nukusdagi g'alayonlarni mustaqil tekshirish uchun yo'l berib, adolat va oshkoralikni ta'minlashga undab kelmoqda.

O'zbekiston rasmiylarining ta'kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tizimga shunday ishlashni buyurgan, ya'ni respublika o'z qonunlari va xalqaro majburiyatlariga bosh egadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG