Breaking News

Konstitutsiya fuqaro tashabbusi bilan o'zgarishi kerak, deydi amerikalik ekspert


Amerika poytaxtidagi Markaziy Osiyo - Kavkaz insituti rahbari va asoschisi Frederik Starr 7-iyul kuni Toshkentdagi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bilan hamkorlikda onlayn forum o'tkazib, O'zbekistonda bosh qomusni yangilash harakatlari qanday ketayotganini muhokama qildi.

"O'zbekistonda shu paytgacha fuqaro siyosiy jarayonlarni tomosha qilib kelgan. Endi u bu ishlar ichida bo'lishi kerak. O'z takliflari va g'oyalarini targ'ib qila olishi, ularni boshqaruvga yetkaza olishi va eng muhimi, konstitutsiya uning tashabbuslari asosida o'zgartirilishi kerak", - deydi Starr.

"Maqsad albatta ezgu bo'lishi lozim. Fuqaro tizimga tayana olishi kerak, tizim esa fuqaroga. Aks holda hozirgi harakatlar samara bermaydi", - deydi olim.

O'zbekistonda oldingi rahbar Islom Karimov paytida ham konstitutsion o'zgarishlar bo'lgan, ammo forumda so'zlagan amerikalik va o'zbekistonlik arboblar nazarida hozirda fuqaro so'zi va fikri har narsadan ustun, agar u tinch va qonuniy tarzda bildirilsa.

Frederik Starr, Vashingtondagi Markaziy Osiyo - Kavkaz instituti rahbari
Frederik Starr, Vashingtondagi Markaziy Osiyo - Kavkaz instituti rahbari

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi rahbari Eldor Tulyakov deydiki, O'zbekistonda tuzum ham aynan shuni istaydi, ya'ni jarayonlarda odamlar sidqidildan ishtirok etib, takliflar yuzasidan qarashlarini bildirishini. Yangi bosh qomus loyihasi 15-iyulgacha muhokamaga qo'yilgan.

Saylov tizimlari bo'yicha xalqaro fond eksperti, O'zbekistonda 2021-yildagi prezident saylovlarini kuzatib, kamchiliklar va yutuqlar haqida Toshkentda turli idoralar bilan gaplashgan Antoni Boyer deydiki, shaffoflik - eng muhim omil.

Uning ta'kidlashicha, O'zbekistonda fuqaroning davlatga ishonchi shakllanishi kerak. Davlatning ham fuqaroga munosabati samimiy va adolatli bo'lishi kerak.

Konstitutsiyani yangilash kuchli iroda va vijdonan qabul qilingan qarorlar mahsuli bo'lishi kerak, deya tushuntiradi Boyer.

Antoni Boyer, Saylov tizimlari bo'yicha xalqaro fond eksperti
Antoni Boyer, Saylov tizimlari bo'yicha xalqaro fond eksperti

AQSh, BMT va Yevropa Ittifoqi 1-2 iyul kunlari Qoraqalpogistonda yuz bergan notinchlik shaffof va xalqaro me'yorlarga mos ravishda taftish qilinsin, deya undamoqda.

Hukumatga ko'ra, Qoraqalpogiston hozirda barqaror, 2-avgustgacha favqullodda rejim ostida.

Konstitutsiyaning Qoraqalpogistonga tegishli moddalari yangilanmaydi. Mirziyoyev ma'muriyatining umidi shuki, bosh qomusdagi o'zgarishlarga qarshilik bildirib ko'chaga chiqqan odamlar shu bilan tinchlanadi. Namoyishlarda qon to'kkanlar, qonunbuzarlik va huquqbuzarlik qilganlar jazolanadi, deya va'da bergan Prezident Mirziyoyev.

Dauletmurat Tojimatov tarafdorlari nazarida faol fuqaro, erkin fikri va so'zini ayta olgan shaxs
Dauletmurat Tojimatov tarafdorlari nazarida faol fuqaro, erkin fikri va so'zini ayta olgan shaxs

Vaziyatni nazorat qilayotgan Milliy gvardiya 6-iyul kuni matbuot bilan gaplashar ekan, norozilik chiqishlariga qoraqalpoq faoli Dauletmurat Tojimatov yetakchilik qilgan, 1-iyul kuni namoyishchilar uni Qoraqalpogistonning yangi rahbari deb e'lon qilgan va bu harakatlar tuzumni ag'darishga urinish bo'lgan, deya iddao qildi. Tojimatov hozirda hibsda, konstitutsion tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Tojimatovning tarafdorlari nazarida esa u o'z vatani kelajagi uchun qayg'urgan fuqaro xolos. Erkin fikr bildirgan, erkin so'zlagan, odamlarni zo'ravonlikka undamagan, deydi ular.

G'arbdagi ayrim huquq faollari fikricha ham Tojimatov fuqaro jamiyatining vakili va aybi odil sudda isbotlanmaguncha, jinoyatchi yoki buzg'unchi deb tamg'alanmasligi kerak.

Mutasaddilarga ko'ra, Tojimatov va uning izdoshlari sodir etgan qonunbuzarliklarni ko'rsatuvchi dalillar talay. Barchasi o'z vaqtida oshkor etiladi, deydi rasmiylar.

O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov bu hafta inson huquqlari bo'yicha tashkilotlar bilan maslahatlashgan. Xususan "Human Rights Watch" (HRW), Xalqaro Amnistiya va "Freedom House" (Ozodlik uyi) ekspertlari bilan muloqot qilgan.

Bu tashkilotlar Qoraqalpog'istonda qiynoqlarning oldini olishga, javobgarlik va adolatni ta'minlashga undamoqda. Elchi Vahobovga ko'ra, O'zbekiston o'z xalqaro majburiyatlariga sodiq va ularni to'liq ado etadi. Jarayon ochiq va ishonchli tarzda olib boriladi, deya yozdi u, "Twitter" sahifasida.

HRWning O'zbekiston bo'yicha sobiq vakili, huquqshunos Stiv Sverdlov bunday bayonotlarni olqishlaydi, ammo uning fikricha, Qoraqalpog'istonga mustaqil tekshiruvchilar ham borib, taftish o'tkazishi kerak. Ulardan ham alohida hisobot olinishi lozim, deydi Sverdlov.

Shundagina, deydi u, Qoraqalpog'istonda aslida nima bo'lgani xususida O'zbekiston va jahon ommasi haqqoniy tasavvurga ega bo'ladi.

Belgiyalik jurnalistlar 1-2 iyul kunlari Nukusdan olingani da'vo qilingan va "qonli manzara"ni aks ettirgan videolarni tekshirib, tahlil qilib chiqqan. Xulosa shuki, deyiladi "Knack" nashrida chop etilgan maqolada, ularda ko'ringan qizil ranglar qon emas, bo'yoqdan darak.

Bunday rangli bo'yoqlar dunyo bo'ylab turli namoyishlarda qo'llanadi. Nukusda Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan "Juno" rusumidagi maxsus avto-vositalar harakatda bo'lgan. Ulardan suv, bo'yo'q va ko'zni yoshlantiruvchi gaz sepish mumkin.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG