Qo'shma Shtatlar Qoraqalpog'istondagi voqealar yuzasidan xavotir bildirib, barcha taraflarni zo'ravonlikdan tiyilib, ziddiyatlarni tinch yo'l bilan hal etishga undamoqda.
"Biz yaqinlarini yo'qotgan oilalarga ta'ziya bildiramiz va jarohatlanganlarga hamdardmiz", - deydi Ned Prays, Davlat departamenti matbuot kotibi.
"AQSh O'zbekistonda demokratik islohotlar amalga oshirishilishi tarafdori va davlatning bu boradagi harakatlarini quvvatlaymiz. Hukumatni fundamental huquqlarni, jumladan tinch yig'ilish va fikr bildirish erkinligini himoya va hurmat qilishga undaymiz. Bular O'zbekistonning xalqaro maydonda o'z zimmasiga olgan majburiyatlari", - deya eslatmoqda Davlat departamenti.
Qoraqalpog'istondagi huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklar va zo'ravonliklar to'liq, ishonchli va shaffof tarzda taftish qilinishi kerak. Tekshiruv va tergov xalqaro normalar asosida olib borilsin, deyiladi bayonotda.
"Qo'shma Shtatlar azaldan O'zbekiston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini quvvatlab keladi va shu pozitsiyada qat'iy", - deya bildiradi Davlat departamenti.
O'zbekiston hukumatiga ko'ra, 1-2 iyul kunlari Qoralpog'istonda kuzatilgan g'alayonlarda 18 kishi halok bo'lgan, qariyb 250 odam jarohatlangan, 516 kishi hibsga olingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonda bir oylik favqulodda holat e'lon qilgan.
Norozilik namoyishlariga O'zbekiston konstitutsiyasida Qoraqalpog'iston bilan bog'liq moddalarni o'zgartirish taklifi sabab bo'lgan.
Prezident Mirziyoyev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko'ra, Qoraqalpog'iston maqomi yangilanmaydi.
Facebook Forum