AQSh: Qoraqalpog'iston, suverenitet, Markaziy Osiyo kelajagi
Qo'shma Shtatlar Qoraqalpog'istondagi voqealar yuzasidan xavotir bildirib, barcha taraflarni zo'ravonlikdan tiyilib, ziddiyatlarni tinch yo'l bilan hal etishga undamoqda. AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha muovini Donald Lu "Amerika Ovozi" bilan suhbatda aytishicha, Bayden ma'muriyati mintaqadagi strategik sheriklari bilan hamnafas va ular bilan oldi-berdi kengayaveradi. Intervyu to'liq holda shu kanalda.