Breaking News

Tojikiston tahlilchilari: Markaziy Osiyoni og‘ir sinovlar kutmoqda


Tojikistonda Xitoy qurayotgan yo'llar
Tojikistonda Xitoy qurayotgan yo'llar

Ukraina urushi boshlanganidan song Prezident Vladimir Putinning ilk xorijiy safari Dushanbega boldi. Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan yuzma-yuz muloqoti tafsilotlari nomalum. Bazi tahlilchilarga ko'ra, uchrashuvda asosan Afgoniston masalasi muhokama qilingan. Boshqa taxminlarda esa Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT), Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasidan Ukrainaga qoshin yuborish, Rahmonning o'rniga ogli hokimiyatga kelishi haqida gap ketgan. 1-2-iyul kunlari Qoraqalpogistonda xalq qozgalishi va 5-iyul kuni Afgoniston hududidan Ozbekistonga snaryadlar otilishi vaziyat yanayam murakkab ekanidan dalolat.

Tojik tahlilchisi Parviz Mullojonov nazarida, Putin ikki davlat orasidagi tekis hamkorlik yoki Ukraina mojarosi turganda Afgoniston masalasini Rahmon bilan muhokama qilish uchun tashrif buyurmagan.

"Ukrainadagi urush Rossiya uchun kutilmagan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun Putin oz siyosatini biroz ozgartirib, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti azo davlatlarining qollab-quvvatlashiga erishishni istashi ehtimoldan yiroq emas", - deydi u.

"Tojikiston ham boshqa MDH davlatlari kabi Garb mamlakatlari bilan munosabatlari yomonlashishini istamaydi. Tojikiston ham Garb va ham Rossiya bilan yaxshi munosabatda qolishni istaydi. Ammo Rossiya va Garb orasidagi ziddiyatlar keskinlashib borishi rasmiy Dushanbeni borgan sari ogir holatga solmoqda", - deydi Mullojonov.

Agar Kreml talab qilsa, deya mulohaza yuritadi u, Tojikiston Rossiyaning bosqinchi siyosatini dastaklashga majbur boladi va Garb davlatlari tanqidiga uchraydi. Tojikiston rahbariyati shu holatdan qochishni istaydi.

Siyosiy tahlilchi Sherali Rizoyon fikricha esa Rossiya Ukrainadagi urushga KXShT harbiy kuchlarini jalb eta olmaydi.

"Tashkilot ichki talabotlari harbiy kuchlarni uchinchi davlat hududiga jalb etishga ruxsat bermaydi. Aksincha, u yoki bu azo davlatga tashqaridan hujum bolsa, shu holatda himoya uchun ishlatiladi. Shunda ham boshqa barcha azo davlatlarning roziligi olinishi kerak", - deydi tahlilchi.

Tojikiston hukumatidagi bir manbaning ismi sir qolishi sharti bilan "Amerika Ovozi"ga aytishicha, Ukrainadagi amaliyotlarda Tojikistondagi harbiy qism, 201-diviziya harbiylari allaqachon ishtirok etmoqda. Soni aniq emas, ammo bazada qariyb 7 ming nafar harbiy borligi aytib kelingan. Bu - Rossiyaning xorijdagi eng yirik qurolli kontingenti.

"Davlat rahbarlari haqiqatan ham Afgoniston va Tojikiston chegarasini qoriqlash hamda Tolibon xatarini muhokama qilgan bolishi mumkin", - deydi tahlilchi Ilhom Yusupov.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlangach, Afgoniston va toliblar mavzusi kun tartibidan tushgan edi. Shuningdek, Yevropa davlatlari va AQSh tanqidi va sanksiyalari ostidagi Rossiya oz ittifoqchilari va safdoshlarini kopaytirishga urinmoqda.

Ammo Markaziy Osiyo davlatlari uchun bundan ham xatarliroq holatlar bolishi mumkin, deydi Yusupov.

"Ilgariroq, Belarus prezidenti Qozog'istondan song mojarolar navbati Ozbekistonga otishini aytgan edi. Bu orada Tojikistonning Togli Badaxshon muxtor viloyatida ham mojarolar bolib otdi. Ammo bu ichki jarayon, markaziy hukumat tomonidan norasmiy liderlarning faoliyatiga barham berish va davlat pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan amaliyotlar edi. Lekin 1-iyul kuni Qoraqalpogistonda boshlangan namoyishlar va toqnashuvlar, kop minglab odamlarning kochaga chiqishi va onlab odamlarning olimiga sabab bolgan voqealar jiddiyroq oylashga majbur qiladi. Rasmiy Toshkent vaziyatni kuch bilan nazoratga olishga majbur bolishi, bir oyga favqulodda holat elon qilishi masala jiddiyligidan darak beradi. Tashqi kuchlar qoli borligi ehtimoldan yiroq emas. Toshkent gaflatda qolgan korinadi".

5-iyul kuni esa Surxondaryo viloyatiga qo'shni Afgonistondan snaryadlar otilgan.

"Bu ham Ozbekistonga bosim otkazishga harakatlar bolayotganidan dalolat bermoqda", - deydi Yusupov.

Dushanbedan farqli olaroq Toshkent Afgoniston hukumati, Tolibon bilan muloqotda. Dushanbe esa Afgoniston tojiklarini qollab-quvvatlab, toliblarga nisbatan keskin pozitsiyada.

Afgonistonni yorituvchi Sangartj.com sayti Afgoniston milliy qarshilik harakatidagi manbasiga tayanib yozishicha, Putin tashrifidan keyin Dushanbe shahrida Afgonistondagi barcha kuchlarning birgalikdagi yigilishi rejalangan va unda toliblar ham qatnashishi kutilmoqda. Maqsad - Afgonistonda barcha siyosiy kuchlar ishtirokidagi hokimiyatni tashkil etish. Bu ma'lumotni Tojikiston rasmiylari hozircha tasdiqlamagan, ammo rad ham etmagan. Dushanbe Afgonistondagi tojiklar bilan yaqin aloqada ekanligini yashirmaydi.

Yusupov xulosa qilishicha, Tojikistonning Afgonistonga nisbatan siyosati Kreml bilan kelishilgan.

"Afgoniston qudratli davlatlar qolidagi richag bolib qolmoqda. Istalgan paytda, istalgan maqsadda foydalanilishi mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyoning istalgan davlatiga nisbatan ham. Umuman, mintaqa davlatlari geosiyosiy oyinlar markaziga tushgan korinadi. Bu - Markaziy Osiyo davlatlari uchun ogir sinovli davr. Mintaqa davlatlariga Rossiya tasiri qayta kuchayishi mumkin. Garb ham bunga qoyib bersa kerak", - deydi suhbatdosh.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG