Breaking News

Amerikalik karikaturachi e’tiborini Ukrainaga qaratdi


Stiv Brodner – Amerikada taniqli illyustrator, karikaturachi, jurnalist va siyosiy sharhlovchi. Uning so’nggi karikaturalari Ukrainaga bag’ishlangan.

“Yonoq suyaklari ko’rinib turadi, burni uzun… chizish oson uni”, - deydi Brodner.

Qog’ozdagi bir necha shtrixlardan uning kimligini darrov bilib olasiz. Manxettendagi kichik studiyada san’at va siyosat qorishib ketadi.

“Ukraina qassobi” | Karikaturachi studiyasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

“Xodimlar qo’llarini yuvishlari kerak, degan yozuvni bilasiz restoran hojatxonalarida. Mana dunyo. Ukraina yorilgan va undan qon oqib chiqayapti. Ukraina qoni bilan u qo’llarini yuvayapti”.

Stiv Brodner – AQShda ko’zga ko’ringan va muvaffaqiyat qozongan siyosiy karikaturachilardan biri. Eng dolzarb mavzularni auditoriyaga qanday yetkazishni biladi. Amerikaning ichki muammolari, jumladan qurol nazorati, saylovlar va abort huquqidan tortib, xalqaro e’tiborga molik mavzulargacha.

So’nggi bir necha oydan beri rassomning e’tibori Ukrainadagi urushda.

“Qaysidir ma’noda vaziyat yomonlashmoqda. Chunki urush cho’zilib ketayotgan turg’un holatda. Putin bir joyda yutsa, boshqa joyda yutqazyapti”, - deydi u.

Aprelda Brodner “Los Angeles Times” gazetasi uchun “Buyuk Putin, butun Rossiya imperatori” deb nomlangan kollaj tayyorladi.

“Kollaj yakunida Jon Xartfild chizgan surat. Go’sht boltasini ko’tarib olgan Putin. Ukrainaning qassobi”, - deydi Brodner.

Rassomning urushga bag’ishlangan suratlar to’plami bor. Har bir yangi fojia rasmga aylanadi. Ukrainada sodir etilayotgan jinoyatlarni hujjatlashtirib, san’ati orqali Putinni qoralaydi. Umuman olganda, karikatura voqealarni bo’rttirib ko’rsatadi, ammo Ukrainada ko’pincha bo’rttirishga hojat yo’q.

“Mana bunisida o’g’liga motam tutayotgan ota. Mariupolda. O’g’lining boshi ustida turib, yig’lamoqda. Bunisida temir yo’l vokzaliga tushgan bomba. Odamlar raketani suratga olishgan. Unda “bolalar uchun” deb yozilgan. Kimdir shunday ishni qilganiga ishonish qiyin. Bolalar uchun bomba. Nima deyishga ham hayronman”, - deydi Brodner.

Ammo har kuni dahshatli xabarlar yog’ilib kelar ekan, Brodner Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi o’zi bilan usulda kurashadi. Qalami bilan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG