Breaking News

Rossiyada "Amir Temur" batalyoni shakllanyaptimi?


Rossiyadagi o'zbeklar Ukrainaga qarshi urushadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:02 0:00

Rossiyadagi o'zbeklar Ukrainaga qarshi urushadimi?

Rossiyadagi o’zbekistonliklar “Amir Temur” batalyoni safida Ukraina urushida qatnashishga chaqirilmoqda.

Perm viloyatidagi Markaziy Osiyo o’zbeklari jamiyati raisi Jahongir Jalolov vatandoshlar bilan uchrashuvda shunday murojaat bilan chiqqan.

Bu haqda Perm viloyati televideniyasi rasmiy xabar tarqatgan.

Jalolov Permdagi o’zbeklar bilan uchrashuvda Rossiyaning maxsus harbiy amaliyotini quvvatlashga chaqirar ekan, jumladan shunday deydi:

“Men sizlarga murojaat qilyapman, do’stlarim. Bizning bolalarimiz bog’chalarga boryapti, maktablar, institutlarda o’qishyapti, biz Rossiyada yashayapmiz, ishlayapmiz. Yegan nonimizmi oqlash nafaqat burch, balki majburiyat ham. Men buyuk Amir Temur nomi bilan ataluvchi ko’ngilli batalyon shakllantirishni taklif qilaman. Shu bilan Rossiyaning Ukrainada denasifikasiya va demilitarizatsiya o’tkazish maqsadida boshlagan maxsus harbiy amaliyotini qo’llab quvvatlashga chaqiraman”.

Permdagi “Vetta24” televideniyesi lavhasidan ko’rinishicha, uchrashuv ishtirokchilari Jalolovning bu chaqirig’ini olqishlar bilan kutib olgan.

Jalolov iddao qilayotgan “Amir Temur” nomidagi ko’ngilli batalyon ayni paytda shakllanganmi yoki hozircha faqat rejadami, noma’lum.

Ammo bu bayonotning televideniye orqali ochiq taqdim etilayotganining o’zi jamoatchilikka, mintaqa hukumatlariga tashlangan jiddiy chaqiriq deya talqin qilinmoqda.

“Vetta 24” ta’kidlashicha, batalyon asosan Rossiyada yashayotgan va ishlayotgan O’zbekiston fuqarolaridan iborat bo'ladi.

O'zbekiston Tashqi migratsiya agentligi Rossiya va umuman xorijdagi fuqarolarni bunday yo'llarga aslo kirmaslikka chaqirmoqda. Hukumatga ko'ra, bunday harakatlar jinoyatdir va vatanda 10 yilgacha qamoq jazosiga loyiq ko'riladi.

Mirziyoyev ma'muriyati fuqarolarni yuqoridagi kabi targ'ibotlarga uchmaslik, mojaro hududlaridan uzoq yurish va hech qanday harbiy amaliyotlarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirmoqda.

“Amerika Ovozi” avvalroq Rossiya qo’shinlari Lisichansk shahrini ishg’ol qilishi davomidagi yurishda O’zbekiston bayrog’i ko’tarilgani, o’zbeklarning Ukrainadagi urushga tortilayotgani haqida xabar bergan edi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG