Yura olmasa-da, oilasini boqayotgan Muhammad Rayoniy
Muhammad Rayoniy 2014-yili Afg’oniston shimolida ro’y bergan portlashda og’ir jarohatlangan. Umurtqa pog’onasiga yetgan zarba bois oyoqlari harakatdan qolgan. Afg’oniston inson huquqlari komissiyasining 2021-yilgi hisobotiga ko’ra, jismonan imkoniyati cheklanganlar soni to’rt yarim millionga yaqin.