Breaking News

AQSh Hind-Tinch okeani mintaqasida Xitoyga qarshi harbiy alyans qurmoqchimi?


Xalqaro hayot - 2022-yil, 2-sentabr
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:29 0:00

Avgust oyining dastlabki ikki haftasi Indoneziyada o’tkazilgan “Super Garuda qalqoni” harbiy mashqlarida 14 davlat, jumladan, Indoneziya va AQShdan 5000 dan ortiq askar ishtirok etdi.

AQShga ko’ra, har yili o'tkaziladigan bu mashg'ulotlar hozirda Hind-Tinch okeani mintaqasida eng ko’p davlat ishtirok etadigan qo'shma mashg'ulotlardan biri hisoblanadi.

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari harbiy mashg'ulotlarni tanqid ostiga olib, AQShni Hind-Tinch okeani mintaqasida "NATOga o'xshash" ittifoq tuzishga urinishda aybladi.

Harbiy mashg'ulotlar AQSh va Xitoy o'rtasidagi keskinlik kuchaygan va Pekin bo'lginchi provinsiya deb hisoblovchi Tayvanga AQSh Kongressi a’zolarining munozarali tashrifi yuz bergan bir paytda bo'lib o'tdi.

“Ikki va undan ortiq davlat oʻrtasidagi Garuda qalqoni kabi murakkab harbiy mashqlarni rejalashtirish juda uzoq vaqt talab etadi. Demak, bu Tayvan bo‘g‘ozi inqirozi vaqtida yuz bergani haqiqatan ham tasodifdir”, - deydi AQSh Tinchlik instituti eksperti Brayn Xarding.

Harbiy mashg'ulotlar uchta joyda, jumladan, Xitoy va mintaqaning bir necha davlati o’rtasida tortishuvlarga sabab bo’lgan bahsli orollarga yaqin hududda o’tkazildi.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Indoneziya o'zining eng yirik savdo sherigi Xitoy va yana bir yaqin ittifoqchisi AQSh bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga urinmoqda.

Sovuq urush davrida ham Jakarta "erkin va faol" siyosat deb nomlangan betaraflik siyosatini olib borgan edi.

"Erkin va faol tashqi siyosatning kontekstual talqini shundan iboratki, Indoneziya o'zining milliy manfaatlarini ko'zlab, dunyo tinchligiga hissa qo’shadigan o'z qarorlarini qabul qilishi mumkin", - deydi ekspert Agus Vidjojo.

Indoneziya hanuz rasmiy harbiy ittifoqlarga qo’shilmaslik siyosatini davom ettirayotgan bo’lsa-da, u AQSh, Yaponiya, Hindiston va Avstraliyadan tashkil topgan yangi xavfsizlik guruhi, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliya o'rtasidagi harbiy uyushma hududiy mintaqasida joylashgan.

Qo'shma Shtatlar mintaqada Filippin, Tailand va Avstraliya bilan ham harbiy mashg’ulotlar o’tkazgan.

“Ushbu qoʻshimcha guruhlar, xoh ular rasmiy yoki norasmiy boʻlsin, menimcha, mintaqa mamlakatlari umumiy manfaatlar va qadriyatlarga ega ekanini ko’rsatadi”, - deydi tahlilchi Jo Felter.

Bayden ma'muriyati mintaqaga katta sarmoya ham kiritmoqda. O‘tgan yili fevral oyida Oq uy mintaqadagi milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Indoneziyaga qariyb 14 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotishni, shu jumladan, 36 ta “F-15” qiruvchi samolyotlari savdosini ma’qulladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG