14-16-sentabr kunlari Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlarda kamida 100 nafar odam halok bo‘lgan, jarohat olganlar soni ikki-uch baravarga ko‘p. Shuningdek, yuzlab mahalliy aholining uy-joy, mol-mulklari talafot ko‘rgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi 19-sentabr kuni halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetganini, 28 nafari tinch aholi vakillari bo‘lib, ular orasida ayollar va bolalar ham borligini ma’lum qildi.
Qirg‘iziston hukumati esa 59 fuqarosini yo’qotganini e’lon qildi.
Tojik-qirg'iz chegarasidagi to'qnashuvlardan so'ng...
Tojikistonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh Isfara tumanidagi qishloqlarning biridan fotolavha.
Facebook Forum