Breaking News

Tolibon sobiq hukumat rasmiylariga zulm qo’llamoqda


Tolibon AQSh va NATO kuchlari Afg'onistonni tark etganining bir yilligini nishonlamoqda
Tolibon AQSh va NATO kuchlari Afg'onistonni tark etganining bir yilligini nishonlamoqda

Sobiq Afg’oniston hukumati rasmiysining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Oila a’zolarining bildirishicha, uni Tolibon olib ketgan.

Ahmad Shoh Habibiy avval Afg’oniston aviatsiyasi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan akasi Mahmud Shoh Habibiyni 10-avgust kuni Tolibon Kobulda qo’lga olganini aytmoqda.

Mahmud Shoh Habibiy
Mahmud Shoh Habibiy

“Fuqarolik kiyimidagi Tolibon vakillari Mahmud Shoh Habibiyni Shoh-Darak hududidagi o’z uyi oldida qo’lga oldi … Keyin darvozani buzib kirib, xonadondagi hujjatlar, kitoblar va noutbukni olib chiqib ketdi”, - deydi u.

Tolibon vakili “Amerika Ovozi”ning Habibiy taqdiri bilan bog’liq savollariga javob bermadi.

“Tolibon hukumatining biror idorasi akamning qayerda ekani borasida ma’lumot bermadi. Akam bilan uchrashishga imkon bermadi. Qamoqqa olish sababini ham tushuntirmadi”, - deydi AQShda yashayotgan Ahmad Shoh Habibiy.

Uning ta’kidlashicha, akasini olib ketgan shaxslar o’zini “Islom amirligi mujohidlari” deb tanishtirgan. Tolibon o’z xavfsizlik kuchlarini shunday ataydi.

Ahmad Shoh Habibiy AQSh fuqaroligini olgan. Kobulda joylashgan telekommunikatsiya kompaniyasida konsultant bo’lib ishlagan.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays “Amerika Ovozi” bilan suhbatda vaziyatni kuzatib borayotgani, ayni damda biror yangilik yo’qligini bildirgan.

“Afg’onistonda tartibsizliklar, qurolli nizolar, jinoyatchilik, terrorizm va odamlarni garovga olish hollari davom etar ekan, AQSh fuqarolariga ushbu mamlakatga borish tavsiya etilmaydi”, - deya eslatdi Prays.

2021-yilning avgust oyida AQSh va NATO kuchlari Afg’onistonni to’liq tark etdi va Tolibon hokimiyatni egalladi.

O’tgan hafta Vashington Tolibon 31 oydan beri qamoqda ushlab turgan AQSh fuqarosi Mark Frerixsni okean ortida umrbod qamalgan narkobaron Bashir Nurzoyga almashishga erishdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG