Breaking News

Eron: "Rossiyani Ukrainada qurollantirmayapmiz"


Eron yangi dronlarini sinovdan o'tkazmoqda
Eron yangi dronlarini sinovdan o'tkazmoqda

Eron Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Tehron Rossiyaga Ukrainadagi urushda qo'llash uchun qurollar uzatmagan va uzatmaydi.

Kiyev va G'arb davlatlari Moskvani Eronda ishlab chiqarilgan dronlarni ishlatayotganlikda ayblab kelmoqda. Ayniqsa so'nggi kunlarda Ukrainada aholi punktlari nishonga olinganida shunday vositalar safarbar etilgan, deydi diplomatlar.

Masala Yevropa Ittifoqida qizg'in muhokamada.

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir-Abdullohiyan deydiki, uning davlati Ukrainadagi urushda hech kimni quvvatlamaydi.

"U yoki bu tarafni qurollantirish urushni cho'zadi xolos", - deydi u, ikki kun oldin Portugaliya bosh diplomati Joao Gomes Kravinyo bilan suhbatda.

"Biz Ukraina, Afg'oniston, Suriya va Yamandagi urushlarni noto'g'ri deb hisoblaymiz", - degan Amir-Abdullohiyan.

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri Josep Borrell bilan muloqotda ham Eron bosh diplomati Ukrainadagi urushda Tehron neytral ekanini aytgan.

"Rossiya - bizning harbiy hamkorimiz, lekin Ukrainada biror tomonni quvvatlamaymiz. Aksincha, urush to'xtashini va aholi uy-joyiga qaytishini xohlaymiz".

Bugun Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy yana Eronni ayblab chiqdi. Uning aytishicha, qator shaharlarda Rossiya energetik inshootlarni aynan Eron dronlari bilan vayron qilgan.

Kiyev Tehron bilan aloqalarni cheklab, islomiy respublikani "qonxo'r" deya qoralab kelmoqda.

Eron hukumatiga ko'ra esa Ukraina chet el media propagandasi ta'siri ostida "zararli" qarorlar qilmoqda.

Sentabr oyida AQSh bir kompaniyani Eron dronlarini Ukrainaga yetkazib berishda ayblab, sanksiyalar bilan jazolagan edi.

AFP axborotiga tayanildi

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG