Aksar rossiyaliklar singari 29 yashar Nikolayning O‘zbekiston poytaxti haqidagi tasavvuri ham “Toshkent-non shahri” filmi bilan cheklangan edi. Qahramonimiz - Prezident Putinning qisman mobilizatsiya haqidagi e’loni ortidan O‘zbekistonga qochib kelgan minglab rossiyaliklardan biri.