Breaking News

AQSh kompaniyalari laboratoriyada go'sht o'stirmoqda


Laboratoriyada o'stirilgan go'sht mahsulotlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Laboratoriyada o'stirilgan go'sht mahsulotlari

Dunyo aholisi tez o’smoqda. Natijada oziq-ovqat, xususan, go’sht mahsulotlariga talab oshmoqda. Tadqiqotlarga ko’ra, laboratoriyada yetishtirilgan oziq-ovqat kelajakda go’sht o’rnini bosishi mumkin.

Siz ko’rib turgan bu mahsulot dengizda ovlangan yoki baliq fermasidan keltirilgan losos balig’i bilan bir xil.

Yagona farqi u tabiiy baliq emas, balki shimoliy Kaliforniyadagi laboratoriyada, losos hujayrasi asosida o’stirilgan.

“Biz losos hujayralasini o’simlikka asoslangan modda bilan aralashtiramiz. Shu asosda baliq to’qimalari paydo bo’ladi”, - deydi “Wildtype” kompaniyasi asoschisi Jastin Kolbek.

Go’shtga talab oshar ekan, kompaniyalar taklifni ko’paytirishning noan’anaviy yo’llarini sinab ko’rmoqda.

“Odamlarga yovvoyi tabiatga zarar bermaydigan yoki baliqchilik fermalariga bog’liq bo’lmagan tanlov imkoniyatini bermoqchimiz”, - deydi Kolbek.

“Upside Foods” kompaniyasi esa tovuq hujayrasi asosida yaratilgan jo’ja go’shtini sinovdan o’tkazmoqda. Ta’mi va ko’rinishi tovuqnikidan also qolishmaydi.

Amerikada oziq-ovqat narxi qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:22 0:00

“Bu haqiqiy go’sht; parranda hujayrasidan o’stirilgan, xolos. Tovuqni boqib, so’ng so’yishga hojat yo’q”, - deydi kompaniya vakili Eymi Chen.

Kaliforniya universitetida “Muqobil go’shtlar” laboratoriyasini boshqarayotgan Rikardo San Martinning aytishicha, sun’iy go’sht mahsulotlari hali-veri bozorni egallamaydi.

“Hujayradan go’sht hosil qilish hozircha o’zini oqlamaydi. Buning samarali yo’lini topishimiz kerak. Uni sotib olishga hammaning qurbi yetadimi yoki u faqat boylar uchunmi?”, - deya so’raydi San Martin.

Jastin Kolbek ham bu fikrga qo’shiladi.

Amerikaning qo'li gul dehqonlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:58 0:00

“Avvalo, bu texnologiya nimaga qodir ekanini ko’rsataylik. Keyin uni ko’paytirish va barchaning qurbi yetadigan darajaga keltirish ustida ishlaymiz”, - deydi u.

Qilinadigan ishlar hali ko’p, ammo kun kelib bu texnologiya dunyo oziq-ovqat sanoatida inqilob yasashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG