Breaking News

Global oziq-ovqat inqiroziga barham berishda Turkiya samarali vositachi bo'la oladimi?


Chorshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyada bo’lib, Ukraina bug’doyini jahon bozoriga olib chiqish uchun Qora dengiz orqali koridor ochish taklifi xususida gaplashadi.

Xalqaro hayot - 7-iyun, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:56 0:00


G’arb Rossiyani Ukraina dengiz yo’llarini qamalga olganlikda, Rossiya esa Ukrainani portlari atrofini minalashtirganlikda ayblamoqda. Rus qamalini yorib o’tish uchun NATO Anqarani alyans harbiy kemalarini Qora dengizga kiritishga ruxsat berishga chaqirmoqda.

“2020-yilda Livan bug’doyning 75 foizini Ukrainadan olgan. Hozir bug’doy narxi osmonda. Bug’doy bozorda bo’lmasligi ham mumkin. Moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan Livanda bu yanada kattaroq inqirozga yetaklaydi”, - deydi Vashingtondagi Yaqin Sharq instituti tahlilchisi Yoruk Ishik.

Ukraina NATOdan bug’doyni portlaridan olib chiqishda yordam so’ragan. Alyans harbiy kemalarining Qora dengizga kirishi Rossiya bilan to’qnashuvga turtki berishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik maqsadida Anqara Lavrov bilan kelishishga harakat qiladi.

Ba’zi tahlilchilarga ko’ra, Rossiya bug’doydan qurol va bosim sifatida foydalanmoqchi. Turkiya Bosfor bo’g’ozi orqali Qora dengizga kirish yo’llarini nazorat qiladi va Montryo konvensiyasiga muvofiq dengiz atrofida joylashmagan mamlakatlar kemalarini dengizga kirita olmaydi.

“Ayni paytda bo’g’oz o’zaro jang qilayotgan Ukraina va Rossiya harbiy kemalari uchun yopilgan. Turkiya boshqa mamlakatlarga dengiz tomon harbiy kema yubormaslikni so’ragan. NATO yoki unga a’zo biror davlat Turkiyadan dengizga yo’lni ochishni talab qilishi mumkin. Turkiyaning imkoniyatlari toraymoqda”, - deydi Istanbuldagi Qodir Has universiteti tahlilchisi Serhat Guvench.

Kuzatuvchilarga ko’ra, Turkiya NATO kemalarining Qora dengizga kirishiga ruxsat bersa, mojaro kengayishi mumkin va Anqara bunday bo’lishini istamaydi.

“Bu nafaqat Turkiya, balki mintaqaviy xavfsizlikka tahdid yaratishi mumkin”, - deydi Turkiya Xalqaro aloqalar kengashi rahbari Mustafo Oydin.

Anqara Bosfor bo’g’ozining NATO kemalari uchun yopiq turishi unga Rossiyaga o’z so’zini o’tkazishda qo’l kelishini anglab yetmoqda.

Eng so’nggi xabarlarga ko’ra, Turkiya Ukrainadan bug’doyni 25 foizlik chegirma bilan xarid qilishga kelishib olgan. Ukraina o’tgan yilgi hosilning 20 million tonnasini jahon bozoriga olib chiqishga harakat qilarkan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bug’doyni qo’shni Belarus orqali olib chiqishni taklif etdi, biroq Kiyev bunga rozi bo’lmadi.

Rossiyaning Odessa va Nikolayev sohillariga desant hujumi ehtimolidan xavotirlangan Ukraina Qora dengizga minalar joylashtirilgan va hududni portlovchi moddalardan tozalashga hozircha shoshilmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG