Breaking News

"Blokcheyn" texnologiyasidan oziq-ovqat sanoatida qanday foydalanish mumkin?


"Blokcheyn" texnologiyasi oziq-ovqat sanoatiga kirib kelmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

"Blockchain" texnologiyasi oziq-ovqat sanoatiga kirib kelmoqda

“Blokcheyn” texnologiyasi kriptovalyuta sanoatida oldi-berdilarni hisobga oladigan usul sifatida tanilgan. Ekspertlarning taxmin qilishicha, bu texnologiyani boshqa narsalar, masalan, oziq-ovqat, qoramol va suvga egalik huquqlarini aniqlashda ham foydalanish mumkin.

Fermerlar o’z mahsulotlariga “branding” orqali egalik qilish usulini joriy qilmoqda.

Koloradolik ekspertning aytishicha, kriptovalyutalarni kuzatishda ishlatiladigan “blockchain” texnologiyasini qoramol egaligini aniqlashda ham ishlatish mumkin.

“Blokcheyn” shtatimizda axborot texnologiyalarining ajramlas qismiga aylanadi”, - deydi u.

Ted Botning ishi jamiyat uchun foydali yangi texnologiyalarni qidirib topish.

U hozir qoramol, yer va boshqa mahsulotlar hisobini nazorat qiladigan texnologiyani joriy qilish ustida ishlayapti. Masalan, suvdan kim va qanday asosda foydalanayotganini “blockchain” texnologiyasi orqali hamma kuzatib turishi mumkin.

Texasda kriptovalyutaga qiziquvchilar yig'ini
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

“Suv resurslarini qonun asosida va teng taqsimlashda bu texnologiyaning o’rni katta”, - deydi u.

Boshqa bir misol: resoran egasi burger Koloradodan kelgani haqida maqtanishi mumkin; “blokcheyn” bilan ishlaydigan ilova orqali esa iste’molchi yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’ladi.

“Go’sht qaysi fermadan kelganigacha bo’lgan ma’lumotlarni “QR” kodi orqali menyuga kiritishimiz mumkin”, - deydi Bot.

Bu oziq-ovqat xavfsizligi uchun ham yaxshi. Kolorado shtati qonunchisi Donald Valdezga ko’ra, “blockchain” orqali ozuqaning og’izga kirgungacha bo’lgan barcha bosqichlarini nazorat qilish mumkin.

“Agar qaysidir mahsulot zararli deb topilsa, bir necha soniyada uning hisoboti tayyor bo’ladi”, - deydi u.

Fermer Andre Husni yangi texnologiyaning amaliy foydasiga hali ishongani yo’q.

“Shu yerda tug’ilgan, shu yerda so’yilgan, anovi muzxonaga qo’yilgan, degan ma’lumotlar bo’ladi, xolos”, - deydi u.

Lekin ayrim mahsulotlar tarkibidagi xorijdan import qilinadigan tovarlar uchun bu foydali bo’lishi mumkin. Masalan, Zambiya va Kongodan keladigan yog’ va asal shampun va sovunlarda ishlatiladi.

“Shampun idishini skan qilib, undagi xushbo’ylik Zambiyaning shimoli-g’arbiy provinsiyasida ishlab chiqarilganini o’rgansangiz, sizda mahsulot bilan shaxsiy bog’liqlik hosil bo’lishi mumkin”, - deydi Husni.

“Blokcheyn” texnologiyasining imkoniyatlari katta. Ammo ularni amalga oshirish uchun hali ko’p ish qilish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG