"Kecha va kunduz" AQShda mutolaada
Abdulhamid Cho'lpon 1936-yilda yozgan "Kecha va kunduz" romani 2019-yilda AQShda ingliz tilida chop etilgan. Tarjimon - 2015-2016 yillarda O'zbekistonda izlangan amerikalik adabiyotshunos Kristofer Fort. 22-noyabr kuni O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida o'tgan badiiy kechada Fort bu loyiha haqida bafurja so'zlab berdi. Tadqiqotchi uzoq tanaffusdan keyin O'zbekiston va AQSh orasidagi "Fulbright" ta'limiy almashinuv dasturi doirasida respublikaga borib, milliy adabiyotni o'rgangan, hamkasblar bilan bog'lanib, professional hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Fort hozirda Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida dars beradi. O'zbek va rus tillarida bemalol gaplashadigan olim deydiki, zamonaviy o'zbek adabiyoti ham unga juda qiziq. Amerikalik kitobxonlar uchun ularni ingliz tiliga o'g'irish yuksak ahamiyat kasb etadi, deydi u, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. Fort hozirda Abdulla Qahhorning asarlarini inglizchaga tarjima qilish bilan band. Bu loyihalar vaqt, resurs va O'zbekistondagi adiblar va olimlar bilan yaqindan ishlashni talab etadi. Suhbatda tarjimon "Kecha va kunduz" va Cho'lpon haqidagi o'ziga xos tahlili bilan o'rtoqlashdi.
Siz uchun
-
Mart 18, 2025
AQSh dengiz piyoda kuchlari muzeyida yangi ko’rgazma
-
Mart 17, 2025
Amerika Manzaralari
-
Mart 15, 2025
Florida lamantinlari hayotidan lavha
-
Mart 14, 2025
Jonli efir: AQSh Ta'lim vazirligi taqdiri
Facebook Forum