Breaking News

O'lim ko'pligiga qaramay migrantlar Qatarda ishlashga oshiqmoqda


Futbol - 2022: Qatardan tobutda qaytganlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

Doxada futbol bo’yicha jahon chempionati boshlanishi bilan bu mamlakatda mehnat muhojirlari yuzlashadigan og’ir ish sharoitlari yana faollar e’tiboriga tushmoqda.

Nepalning Danusha viloyatida musulmonlar o’lganlarni hech qanday belgilarsiz oddiy qabrlarga ko’madi. Hindular esa mayyitga o’t qo’yadi.

Ularning har ikkisi qashshoqlik domiga botgan. Oilalarning yarmidan ko’pi kun kechirish uchun xorijda ishlaydigan yaqinlariga tayanadi.

26 yoshli Jamshid Safi ikki oy avval Qatarda ishlayotgan payti halok bo’ldi. O’z xarajati bilan ukasining jasadini uyga olib kelgan Saxil Safi ham endi ishlash uchun Qatarga ketmoqchi.

“Qishloqda nima ish qilishimni bilmayman. Pul tejash juda qiyin. 10 kun ishlasam ham oilamning ehtiyojlaridan orttirib bo’lmaydi”, - deydi u.

O’tgan 10 yil ichida ko’plab nepalliklar uchun Qatar asosiy ish makoniga aylangan. 12 yil avval Qatar futbol bo’yicha jahon chempionati mezbonligini qo’lga kiritgach, Fors ko’rfazidagi bu kichik davlat stadionlar va qo’shimcha inshootlar qurish uchun 200 milliard dollardan ortiq mablag’ sarfladi.

Qatar - 2022: chempionatning beva ayollari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

Janubiy Osiyo va Afrikadan kelgan minglab ishchilar og’ir mehnat sharoitlarida halok bo’ldi. “Xalqaro amnistiya” tashkilotiga ko’ra, o’lim guvohnomalarining aksariyatida o’lim sababi ish sharoitiga bog’lanmagan.

Natijada oilalar tovon puli talab qila olmaydi.

“Biz ish bergan kompaniyaga Jamshid ish paytida o’lgan edi, deb aytdik. Nega ma’lumotnomada u o’z xonasida o’lgan, deb yozilgan? Uning ish joyida o’lgani faktku”, - deydi marhumning otasi Indra Jit Dobi.

Saxil Safi shikoyat qilib Qatar rasmiylariga murojaat qildi. Ular Saxilga tekshirish jarayoni 2-3 oy davom etishini, bu orada jasad shu yerda saqlanishini aytishdi.

So’ng u ish bergan kompaniya ofisiga bordi.

“Ofisdagi odamning qattiq jahli chiqdi. U rahbar bilan gaplashishim kerakligini aytdi. Tinmay shuni takrorladi”, - deydi Saxil Safi.

Rahbar esa nuqul band bo’lgan va Saxilga g’azabini sochgan. Natijada Saxil qo’l siltab, ukasining jasadini olib ketishga qaror qilgan.

Qatar oxirgi olti yil ichida mehnatga oid ba’zi islohotlarni o’tkazdi; eng kam ish haqini oshirib, shikoyatlarni o’rganish uchun maxsus komissiya tashkil qildi. Ammo, deydi ishchilar, Saxil yuzlashgan muammo hanuz tez-tez uchrab turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG