Breaking News

Kaliforniyadagi to'rtta suv to'g'oni nega buzilyapti?


Kaliforniyada buzilayotgan suv to'g'onlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00

AQSh tarixidagi eng yirik to’g’on buzilishi loyihasiga ruxsat berildi. Bu atrof-muhit faollari va tub aholi uchun katta g’alaba sifatida ko’rilmoqda. Kaliforniya va Oregon shtatlari chegarasidagi to’rtta eski gidroinshoot mintaqada baliq va boshqa jonivorlarning qirilib ketishiga sabab bo’lgani aniqlangan.

Kaliforniya chegarasidagi Klamat daryosi bo’ylarida yashovchi Yurok qabilasi 58-yillik losos festivalini o’tkazmoqda. Bu yerda an’anaviy o’yinlar o’ynaladi; odamlar gulxan atrofida pishgan barra baliq iste’mol qiladi.

Ammo so’nggi yillarda losos balig’i ancha kamayib ketdi.

“Juda qiyin yillarni ko’rdik. Bu masalani Yurok qabilasi oqsoqollari kengashida ham muhokama qilganmiz. Hatto Losos festivalida tovuq go’shti tortiq qilish haqida o’ylaganmiz”, - deydi Yurok qabilasi raisi o’rinbosari Frenki Mayers.

Klamat daryosi yoqasida, 64 kilometrga cho’zilgan hududlarda yashovchi Yurok qabilasi uchun losos ham ozuqa manbai, ham madaniyatning bir qismi.

Qabila taxminiga ko’ra, bir paytlar daryoni to’ldirgan lososlarning bugun bor-yo’g’i 10 foizi qolgan, xolos. Baliqlar va ular yashaydigan ekotizimga oid falokat 2002-yildagi favqulodda voqeadan boshlandi.

“Bu dahshatli ish tushimizga ham kirmagan edi”, - deya eslaydi Jorjiana Jenso.

O’ng minglab losos balig’i va boshqa suv jonivorlari halok bo’ldi. Bu AQSh tarixida baliqlarning eng katta ommaviy o’limi ekani aytiladi.

300 kilometrlik daryoga qurilgan bir nechta damba quyi Klamatda suv sifati va sathini o’zgartirib yubordi.

Xususiy kompaniyaga qarashli to’rtta suv to’g’oni Kaliforniya uchun energiya ishlab chiqaradi.

AQSh Baliqchilik va yovvoyi tabiat xizmati tadqiqotiga ko’ra, suv sathining pasayishi va haroratning ko’tarilishi baliqlar uchun halokatli parazitlarning ko’payishiga sabab bo’lgan.

“Asl aybdorni, bunga nima sabab bo’lganini bilganimizdan keyin ko’plab hindular g’azab otiga mindi”, - deydi Jorjiana.

Yashash tarzi va ozuqa manbalari xavf ostida qolganini sezgan Yurok qabilasi Karuk va Hupa vodiysi hindulari bilan birlashib, to’g’onlarni buzish harakatini boshladi.

Ular damba egalari va rasmiylar bilan 20 yil muzokara olib bordi.

“Biz hamma joyga bordik. Hayotimiz doim kimningdir nazorati ostida edi”, - deydi Mayers.

2020-yil atrof-muhitga yetkazilgan millionlab dollarlik zararni qoplash majburiyati bilan yuzlashgan to’g’on egasi nihoyat to’rtta dambani buzishga va ularning suvini quritishga rozi bo’ldi.

To’g’onlarni buzish uchun 450 million dollar sarflanadi. Uning bir qismi aholi to’lagan soliqlardan, qolgani to’g’onga egalik qiluvchi kompaniya hisobidan qoplanadi.

Buzish ishlari 2023-yilda boshlanadi. To’g’onlar buzilgach, atrof-muhitni qayta tiklash ishida tub aholi vakillari faol qatnashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG