Breaking News

Afg'on faollari qizlarning ta'limdan mahrum qilinishiga qanday fikrda?


Talaba qizlar Kobuldagi universitet eshigi oldida, 2022-yil, 21-dekabr, Kobul, Afg'oniston
Talaba qizlar Kobuldagi universitet eshigi oldida, 2022-yil, 21-dekabr, Kobul, Afg'oniston

Tolibon hukumati qoshidagi Oliy ta’lim vazirligining so’nggi qaroriga ko’ra, Afg’onistonda qizlarning universitetlarda tahsil olishi to’xtatilgan.

Davlat va xususiy bilim dargohlariga yuborilgan maktubga ko’ra, qaror Vazirlar mahkamasida qabul qilingan.

Tolibon hukumatining bu qarori xorijiy davlatlar, huquq tashkilotlari hamda siyosiy va ijtimoiy faollarning keskin noroziligiga sabab bo’ldi.

Ijtimoiy tarmoq faollari qarorni e’lon qilgan vazirlikni “Oliy ta’limga qarshi kurash vazirligi” deb atadi.

Shuningdek, poytaxt Kobulda qizlarning maktablarga kirishi va ayol o’qituvchilarning maktabda ishlashiga ruxsat berilmagani aytilmoqda.

AQSh, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqi vakili Tolibonning bu harakatini keskin qoralab bayonot chiqardi.

Qo’shma bayonotda ta’kidlanishicha, toliblar xotin-qizlarga nisbatan cheklovlarni surunkali ravishda joriy etmoqda va ularni isoniy huquqlaridan mahrum qilyapti.

Ayni paytda bir qator afg’on siyosatchilari, jumladan, sobiq prezidentlar Ashraf G’ani va Hamid Karzay, Tinchlik oliy kengani raisi Abdulla Abdulla ham o’z munosabatini bildirgan.

Ashraf G’ani o’zining rasmiy sahifasida “Tolibon Afg'onistonni bosib olib, odamlarni garovda saqlamoqda” deya yozib, toliblarni g’ayridemokratik yo’llar bilan hukm surayotganlikda aybladi.

U Afg’onistonning bunday vaziyatga tushishiga toliblar va ushbu guruh o’zgarganini targ’ib qilgan shaxslar aybdor ekanini qayd etgan.

Shuningdek, sobiq prezident Hamid Karzay qizlarning tahsildan mahrum qilinishi mamlakat taraqqiyotiga zarar yetkazishini aytgan.

Afg’oniston universitetlarining bir qator o’qituvchilari qizlarning o’qishdan mahrum etilganiga e’tiroz bildirib, iste’foga chiqgan.

Nangarhor viloyatida bir guruh talabalar norozilik namoyishi o’tkazib, qizlarga maktab va universitetlar eshiklari qayta ochilishini talab qilgan.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG