Breaking News

Kreml: G'arb bizni izolyatsiya qila olmadi


G'arb Rossiyani yakkalashning uddasidan chiqa olmadimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:28 0:00

19-dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb Rossiyani izolyatsiya qilishning uddasidan chiqa olmaganini aytdi.

"Bu urinishlar befoyda. G'arblik hamkasblarimizning behuda harakatlari hech qanday amaliy natija bermadi", - dedi Lavrov.

Bu ma'lumot qanchalik haqqoniy?

Ha, Rossiya hanuz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining aʼzosi.

Ammo BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralovchi bir qator rezolyutsiyalarni ovozga qo’ydi.

Shimoliy Koreya va Suriya kabi G'arb sanksiyalari ostidagi sanoqli davlatlardan tashqari BMTning aksariyat a’zolari Rossiyani Ukraina urushi tufayli bir ovozdan qoralamoqda.

Rossiya “Katta yettilik” deb nomlanuvchi dunyodagi yetakchi davlatlar guruhidan ham quvilgan.

Mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Indoneziyaning Bali shahrida boʻlib oʻtgan dunyoning iqtisodiy jihatdan eng kuchli “Katta yigirmalik” davlatlari yetakchilarining norasmiy yigʻilishida qatnashmadi.

Yil sarhisobi: Baydenning xorijdagi reytingi qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

Bu sammitdan bir oy oldin G‘arb Putinning ishtirokini xushlamasligini bildirgan edi. “Katta yigirmalik” anjumani 16-noyabr kuni Rossiyaning Ukrainadagi urushini qoralash bilan yakunlandi.

Rossiya, bundan tashqari, yana ko’plab xalqaro tashkilotlardan chetlashtirilgan. Iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan yakkalab qo’yilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG