Breaking News

"Human Rights Watch" guruhining yillik hisoboti chop etildi


Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkilotining yillik hisobotida qator mamlakatlarda bu borada ahvol yomonlashgani qayd etiladi. Xususan, Rossiyaning Ukrainaga bosqini tilga olinadi.

Xalqaro hayot - 12-yanvar, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:32 0:00

Guruh ijrochi direktori Tirana Hassanning aytishicha, xalqaro hamjamiyat inson huquqlari tizimini safarbar etishga muvaffaq bo’ldi.

“Xalqaro hamjamiyat urushga tezkor javob berdi - xalqaro adliya mexanizmlari tashkil etildi, urush jinoyatlariga doir dalillar to’plana boshlandi”, - deydi u.

BMTning Inson huquqlari kengashi rus qo’shinlari nazoratida bo’lgan Bucha va Izyum shaharlarida qiynoqqa solishlar, jinsiy zo’rlashlar, qatl holatlarini qayd etdi.

“Rus askarlari ayrim hollarda fuqarolarni vaqtincha hibsxonalarda qatl etgan, boshqalarini esa o’z uylarida, hovlilarida”, - deydi BMTning inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari Volker Turk.

Rossiya bu kabi ayblovlarni inkor etarkan, ukrain askarlari Bucha va Izyumda Rossiya qo’shinlari bilan hamkorlik qilgan aholini qirganini, aybni rus askarlariga to’nkashganini da’vo qiladi.

“Human Rights Watch” hisobotida Xitoyda uyg’urlarga nisbatan zulm davom etayotgani ta’kidlanadi. Shinjonda ommaviy qamashlar, qiynoqqa solishlar, majburiy mehnat shular jumlasidan.

Eronda esa Mahsa Aminiy ismli ayolning axloq politsiyasi mahkamasida jon berishi mamlakat bo’ylab hukumatga qarshi norozilik namoyishlariga turtki berdi. Tashkilot namoyishlarda qatnashgan to’rt odamning qatl etilgani xalqaro hamjamiyatni qattiqroq harakatga majburlashiga umid qilmoqda.

“Namoyishchilar bilan birdam bo’lish bilan cheklanibgina qolmay dunyodagi barcha hukumatlar Eron rasmiylarini javobgarlikka tortishi kerak”, - deydi Hassan.

Hisobotda Myanmada ham inson huquqlarining yomonlashayotgani qayd etiladi. Harbiy rejim davlat to’ntarishiga qarshi bosh ko’tarayotgan barchani jazolashga kirishgan.

Efiopiyada esa Afrika Ittifoqining aralashuvi tufayli hukumat va isyonchilar sulhga kelishdi.

“Tigray mintaqasida sodir bo’lgan dahshatli jinoyatlar tergov qilinib, aybdorlar jazolansagina otashkesin va sulh davomiy bo’ladi”, - deydi Tirana Hassan.

Guruh hisobotiga ko’ra, iqlim o’zgarishi ham inson huquqlariga dunyo bo’ylab ta’sir qilmoqda. Shu sabab hukumatlar inson huquqlarini himoya qilishga ojiz sanoatlarni tartibga solishi kerak, deyiladi unda.

"Human Rights Watch" ushbu hisobotida O'zbekistonda inson huquqlariga doir ahvolni ham yoritgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG