AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga tegishli havo shari Amerika havo hududida uchayotgani aniqlanganidan keyin Pekinga safarini qoldirdi.
Blinken juma kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yiga telefon orqali AQSh havo hududida kuzatuv sharining mavjudligi "AQSh suvereniteti va xalqaro qonunchilikni ochiqdan-ochiq buzish" ekanligini aytib, buni "mas'uliyatsiz harakat" deb atagan.
Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Blinken “Xitoyning rejalashtirilgan tashrifim arafasida bunday chora koʻrish qarori biz tayyorlagan mazmunli muzokaralar uchun zararli” ekanligini ta’kidladi.
Ammo u Qo'shma Shtatlar Xitoy bilan hamkorlik qilishda davom etish ahdiga sodiqligini va imkoniyat bo’lganda Pekinga tashrif buyurishini qo'shimcha qildi.
Xitoy juma kuni Alyaskadan Montanagacha uchib borgan havo sharining o’zlariga qarashli ekanini tan oldi, lekin uni ob-havo shari deb atab, noto’g’ri yo’nalishga ketib qolganini da’vo qildi.
AQSh Mudofaa vazirligi esa uni "razvedka ma'lumotlarini to'playdigan shar" deb ta'rifladi. Pentagon tijoriy havo qatnovi yo'llaridan balandda uchayotgan havo sharini kuzatishda davom etmoqda. Rasmiylarning aytishicha, u yerdagi odamlar uchun harbiy yoki jismoniy xavf tug'dirmaydi.
Facebook Forum