Breaking News

Turkiyada muxolifatdan prezidentlikka nomzod qanday va’dalar bermoqda?


Kamol Qiichdoro'g'li - Respublikachilar xalq partiyasi sardori va prezidentlikka nomzod
Kamol Qiichdoro'g'li - Respublikachilar xalq partiyasi sardori va prezidentlikka nomzod

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an uchun bu yilgi saylov eng qiyini bo’lishi kutilmoqda. Uning raqibi Respublikachilar xalq partiyasining rahbari Kamol Qilichdoro’g’li – olti muxolif partiyadan yagona nomzod.

Xalqaro hayot - 16-mart, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:22 0:00

Qilichdoro’g’li keng qamrovli islohotlarni o’tkazishga, prezident vakolatini cheklashga, parlament vakolatini esa oshirishga so’z berdi.

“Qilichdoro’g’li yolg’iz o’zi boshqarmasligini, murosa bilan siyosat yuritishini aytmoqda, iqtisodiy barqarorlikni, inson huquqlarini va’da qilmoqda. Qilichdoro’g’li siyosatda va byurokratik tizimda ko’pdan beri faoliyat yuritadi, ammo biror marta korrupsiyada ayblanmagan”, - deydi Xalq televideniyesi muharriri Bengu Sap Bobokar.

74 yashar Qilichdoro’g’li Respublikachilar xalq partiyasi mavqeini tiklashga muvaffaq bo’lgan arboblardan. Uning hukumat tanqidchilari himoyasi uchun Anqaradan Istanbulgacha bo’lgan 400 kilometrlik “Adolat uchun yurish” kampaniyasi Prezident Erdog’anga qarshi ilk yirik ommaviy harakat bo’ldi.

Qilichdoro’g’lining siyosiy tajribasi so’nggi mahalliy saylovlarda beshta yirik shahardan to’rttasida partiyasidan nomzodlarning g’alaba qozonishiga yordam berdi. Jumladan Erdog’anning siyosiy qal’asi hisoblangan Istanbulda.

Biroq tanqidchilar nazarida, yumshoq gapiradigan Qilichdoro’g’liga Erdog’anning olovli xarizmasi yetishmaydi.

Fevral oyida minglab odamni nobud qilgan zilzila, ayrim kuzatuvchilar fikricha, saylov jarayoniga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Hukumatning sust choralari va ko’plab vayronalarga sabab bo’lgan qurilishlardagi xatolarda ayrim turklar davlat rahbarini ayblamoqda.

“Qilichdoro’g’liga ko’ra, butun boshli tizim chirigan, uni yangilash kerak, mamlakatni butunlay o’zgartirish kerak, chunki siyosat xato”, - deydi “Siyosiy yo’l” sahifasi sharhlovchisi Sezin O’ney.

Biroq Qilichdoro’g’lining diniy qarashlari unga pand berishi mumkin. Ayrim musulmonlar uning alaviylikka mansubligini bid’at deb biladi.

Alaviylar Turkiyada asrlar davomida kamsitib kelingan. ((end courtesy)) Ba’zi tahlilchilar Erdog‘anning yigirma yillik boshqaruvi diniy va dunyoviy qarashlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga sabab bo’lganini aytarkan, saylovchini hozir iqtisod ko’proq qiziqitirayotganiga e’tibor qaratadi.

“Nazarimda, hozir yoshlarning boshqa odamlar e’tiqodi bilan ishi bo’lmay qoldi. Iqtisodiyot tanazzulda. Inflyatsiya sur’ati aql bovar qilmaydigan darajada. Qarz ko’paymoqda”, - deydi Okan universitetidan siyosatshunos Zaynab Olimdor.

Muxolif koalitsiyaga millatchi, diniy, so’lchi va o’ng partiyalar kirgan. Qilichdoro’g’li siyosiy va etnik bo’linishlarga chek qo’yishga so’z berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG