Breaking News

“Yangi O’zbekiston”ning hibsdagi faollari


“Yangi O’zbekiston”ning hibsdagi faollari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:22 0:00

Sanjarali Imom - dramaturg, yozuvchi, muxolifat faoli. Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan. 13-mart kuni hibsga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi harakatda, noqonuniy guruhlar tuzishda ayblanmoqda. Sanjarali Imom hukumatga muxolifligini ochiq bildirib kelgan. Abduqodir Mo’minov - “Ko’zgu” nashri rahbari. 8-fevral kuni hibsga olingan. Ichki ishlar boshqarmasi uni firibgarlikda, tovlamachilik yo’li bilan pul talab qilishda ayblamoqda. Mo’minov “Ko’zgu” nashri orqali keskin tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan. Xurshid Daliyev - Human.uz sayti bosh direktori. Davlat xavfsizlik xizmati uni 27-yanvarda olib ketgan va ofisiga reyd uyushtirgan. Xodimlari so’roq qilingan. Daliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilib, Telegramda “Kompramatuzb” kanali vositasida tovlamachilikda ayblanmoqda. Mavjuda Mirzayeva - hozirda nomi o'zgargan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining matbuot xizmati rahbari. “Komparmatuzb” ishi doirasida hibsga olingan. O’zbekiston TV sobiq xodimi. Televideniyedagi senzura haqidagi chiqishlari ortidan ishdan olingan.

XS
SM
MD
LG