Breaking News

Koloradodagi shahar uysizlar sonini qanday qisqartirdi?


AQSh: uysizlar sonini yarmiga qisqartirgan shahar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:54 0:00

Dunyoning aksariyat yirik shaharlarida uysizlik muammosi mavjud. Ba'zi joylarda ko'chada yashash taqiqlangan. Ayrimlarida esa uysizlar uchun chodirlar tikilgan. AQShda uysizlar sonini ikki baravar kamaytirgan va boshqalar uchun namuna bo’la oladigan bir shahar bor.

Met De Lorel yoshligida uchuvchi bo'lishni xohlagan.

Bugun u har kuni 500 kishilik taom tayyorlanadigan oshxonani boshqarmoqda.

Yaqinda u uysiz edi. Muvaffaqiyatsiz kechgan nikohlar, giyohvand moddalar bilan bog’liq muammolar bilan yuzlashgan.

"16 yoshimdan beri giyohvandlikka berilgan edim", - deydi u.

2019-yilda De Lorel hayotidagi so'nggi imkoniyatdan foydalandi.

“Men o'zimni o'ldirmoqchi bo’ldim. “Ey Xudo, ikki hafta kutaman, ikki hafta sendan umid qilaman, dedim. Keyin shu ikki hafta ichida bu yerni topdim”, - deydi u.

“Springs yordam missiyasi uysizlarga boshpana beradi. Tashkilotchilarning aytishicha, kim bo’lishidan qat’i nazar, uning eshiklari barcha uchun ochiq.

Bu joyni Jek Brigs boshqaradi.

“Siz alkash bo'lsangiz, hech qayerda qabul qilishmaydi. Shundaylar uchun biz oxirgi manzilmiz", - deydi u.

Bu boshpana dasturi Kolorado shtatining Kolorado-Springs shahrida uysizlar sonini yarmiga qisqartirdi. Ular buni qanday uddaladi?

Bu yerga har kim kirishi mumkin. Lekin giyohvand moddalar, spirtli ichimlik, qurol yoki tajovuzga o’rin yo’q. Agar it yaxshi do'st bo'la olsa, ularga ham eshik ochiq.

Bu yerda uysizlik muammo emas. Uysizlarga shahar sarqitlari emas, odamdek munosabatda bo’lishadi.

“Yodda tutishimiz kerak, bu yerga kelayotgan odamlar charchagan, sovuq qotgan, och va qo‘rquvda bo’ladi. Shuning uchun ularning biroz tajang bo'lishi ajablanarli emas. Bizning vazifamiz odamlarni boricha qabul qilish. Bu orada biz ularning ishonchini qozonish ustida ishlashimiz kerak”, - deydi Brigs.

Ishonch sari ilk qadam ularning bor-budi bo’lgan kiyimlarini qo’llaridan olishdan boshlanadi.

Bu kiyimlar yuviladi, taxlanadi va jovonlarga solinadi. Hovli sokin, odamlar ham bu yerda ancha xotirjam.

Pandemiya davrida uysizlarga yordam
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00

"Bunday muhitda xavfsizlik va xotirjamlik muhim", - deydi Brigs.

Markaz devor bilan o’rab olinishidan avval uning har to’rt mijozidan faqat bir nafari ayol bo’lgan. Hozir rezidentlarning deyarli yarmi ayollardan iborat.

Markaz har oy 40 kishini ish bilan taʼminlaydi. Lekin bu yerdagi asosiy ish odamlarga tezkorlik, mas'uliyat va kommunikatsiya yo’llarini o’rgatish.

"Asosiy maqsadingiz nima ekanini tushunishingiz va uning ortidan borishingiz kerak", - deydi Brigs.

Brigs hayotida turli missiyalarni bajargan. U havo kuchlarining iste'fodagi general-mayori, qiruvchi samolyotlarda uchgan. Endi u odamlarning hayotda o’z yo’lini topishiga yordam bermoqda.

Markazning tanqidchilari ham bor. Ba'zilar uni diniy loyiha deb ataydi.

Jon Sazers — shahar meri.

“Hukumat mablag’i aralashgan har qanday xizmatga dinni qo’shmaslik kerakligini ular yaxshi biladi va shunga rioya qilishyapti”, - deydi u.

Dasturlarni dindan ajratish qonun talabi. Lekin shaxsiy darajada xodimlar muvaffaqiyat kalitini o’z e’tiqodlarida ko’radi. Hayotidan toliqqanlar bu yerga kelib, o’zlarining qadrini qaytadan kashf etadi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG