AQShning 45-prezidentiga 34 punktdan iborat ayblov e'lon qilingan sud kuni Donald Trampning tarafdorlari ham, unga qarshilar ham Nyu-York ko'chalarini to'ldirdi. Namoyishlarga ko'plab shtatlardan oddiy fuqarolar va respublikachilar partiyasi vakillari ham keldi. Muxbirimiz Soleh Yahyoyev 4-aprel kuni voqea joyidan olingan suratlarni taqdim etdi.
Donald Trampning jinoyatda ayblanishi, Amerika sobiq prezidentining hibsga olinib, sud huzuriga olib borilishi mamlakat bo'ylab uning tarafdorlari va unga qarshilarni bir-biridan yanada uzoqlashtirgan.
Respublikachilar nazarida, Tramp siyosiy nishonda, demokratlar esa hech kim qonundan ustun emas, deydi.
2024-yilda Oq uyni ko'zlayotgan respublikachilar ham, ya'ni Trampning raqiblari uni yoqlab chiqqan.