Breaking News

Ukraina g'alabasiga hissa qo'shayotgan ayollar


Ukrainaning jangchi ayollari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00

Ukraina qurolli kuchlarida 60 mingga yaqin ayol xizmat qiladi. O‘tgan yil ularning 100 dan oshig‘i frontda halok bo‘ldi, shunchasi jarohatlandi va 50 nafari bedarak yo‘qoldi. Rossiya Ukrainaga urush boshlashi ortidan o‘n minglab ukrain ayollari ko‘ngilli tarzda Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shilgan.

Margarita Rivchachenko shunday ayollardan biri. Biz u bilan birinchi bor o'tgan yili sentabr oyida uchrashgan edik. U Rossiya harbiy jinoyatlari haqida surishtiruv o‘tkazgan "Amerika Ovozi" ijodiy guruhini Izyum shahriga kuzatib borgan. Nozik, jasur bu qiz shahardagi ommaviy qabrlarga yo‘l ko‘rsatgan edi.

Endi u Sharqiy armiya matbuot kotibi, poytaxtda. Biz u bilan "Ukraina haqiqati" gazetasi ofisida uchrashdik, u urushgacha shu gazetada ishlagan. 2022-yilning fevralida ruslar Kiyevga yaqinlashar ekan, uning otasi va yigiti ham armiya safiga qo‘shildi. Margarita ham shunday qildi, hududiy mudofaa tarkibiga yozildi.

"Men agar qurolim bo‘lganida, jiddiyroq ishga qo‘l urardim deb o‘yladim. Ukrainadan ketmoqchi emas edim... Men vatanim uchun nimadir qilishni istardim", - deydi Rivchechenko.

Margarita uchun eng og‘iri frontdagi do‘stlarining o‘limiga doir xabarlar.

Ukraina: din, siyosat va urush
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

"Men uchun Donetskka qaytish, pozitsiyada jang qilish og‘ir emas, chunki u yerda safdoshlarim bilan birgaman. Ammo hozir Baxmutda jang qilayotgan otam, yigitim, do‘stlarim haqida o‘ylash og‘ir. Xizmat emas, kimnidir frontdan kutish qiyin", - deydi u.

Sobiq telejurnalist Anastasiya Blishik ham Ukraina armiyasida. Anastasiya uch yil davomida armiya xizmatiga o‘tishga ikkilanib kelgan. Ruslar bostirib kirgach, uning ikkilanishi tugadi. U Kiyevdagi xiyobonda vayron qilingan rus harbiy texnikasi ko‘rgazmasini aylanar ekan, qaror olgan kunini eslaydi.

"24-fevral kuni qallig‘im - jurnalist, 95-desant brigadasi jangchisi Aleksandr Maxovni harbiy komissariatga olib bordim. 25-fevralda u menga qo‘ngiroq qilib, ahvolimni so‘radi, unga armiya safiga yozilish qarorimni aytdim, u meni qo‘llab quvvatladi", - deydi Anastasiya Blishik.

Keyin fojia yuz berdi. May oyida Izyum uchun janglarda uning qallig‘i Aleksandr halok bo‘ldi.

"U kabi insonlar o‘lmasdek tuyulardi. Men bu har kim bilan bo‘lishi mumkin, faqat u bilan emas deb o‘ylardim. Menga telefon qilishganda esa... Men yana kimdir shunday xabar eshitishini istamayman. Bu juda og‘ir", - deb eslaydi Anastasiya.

Frontdan uzoqda o‘tkazilgan bir yilga, urushdagi jiddiy g‘alabalarga qaramasdan Anastasiyaning qayg‘usi bosilmagan.

"Frontda yengilroq edi. Men Izyum, Sasha halok bo‘lgan Dovgenko qishlog‘i ozod qilinishiga ham guvoh bo‘ldim. Izyum, Dovgenko ham hozir bizniki, lekin bundan biror yengillik his qilayotganim yo‘q", - deydi u.

Frontga qaytish ishtiyoqidagi Blishik uning uchun g‘alaba nimaligini shunday tushuntiradi:

"G‘alaba barcha hududlarimizning ozod qilinishigina emas. Mamlakat barcha sotqinlardan tozalanganda, asosiy qurolimiz bu ona tilimiz ekanini barcha ukrainlar anglaganda, frontdagilarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilgandagina tugal g‘alaba keladi".

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG