Breaking News

Varshavada Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar o'rganilmoqda


Ukrainadagi urush jinoyatlarini o'rganuvchi markaz ochildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:23 0:00

Rossiya Ukrainada tinch aholiga nisbatan harbiy harakatlar amalga oshirganiga javoban Varshavada harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlarga doir ma'lumotlar to'plash markazi tashkil qilindi.

Infratuzilmalarning vayron qilinishi, odam o'ldirish, o'g'irlash, bosqinchlik - Rossiyaning Ukrainadagi jinoyatlarini hujjatlashtiruvchi Rafael Lemkin markazi shunday jinoyatlarga oid dalillarni to'playdi.

Markaz Varshavadagi totalitar rejimlarni o'rganuvchi Pileskiy instituti tomonidan tashkil qilingan.

"Biz Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukrainada sodir etilgan harbiy va boshqa jinoyatlar bo'yicha fuqarolarning ko'rsatmalarini to'playmiz", - deydi Lemkin-markaz muvofiqlashtiruvchisi Katerina leonteva.

Ukraina bosqini ortidan ochilgan bu markazga "millat yoki etnik guruh yo'q qilinishi"ni anglatuvchi "genotsid" atamasini amaliyotga kiritgan yahudiy huquqshunosi nomi berilgan.

Rossiya harbiy jinoyatlarni inkor etib keladi. Markazdagi mutaxassislar guvohlarning ko'rsatmalarini o'rganadi va to'playdi.

"Biz xalqaro normalarga muvofiq olimlar, tarixchilar, yuristlar, ruhshunoslar tomonidan aynan shu loyiha uchun ishlab chiqilgan anketalarga muvofiq ishlaymiz", - deydi Katerina leonteva.

Mutaxassislar odatda guvohlarni qochqinlik markazlaridan izlashadi. Guruh Ukrainada ham faoliyatda.

Lemkin markazi muvofiqlashtiruvchisi Katerina Suxomlinovaga ko'ra, eng qiyini odamlarni gapirishga ko'ndirish.

"Men odamlarga murojaatimni "Salom, agar siz bosqinni, filtratsiya lagerini boshdan kechirgan yoki boshqa bir jinoyatlarga guvoh bo'lsangiz, bizga murojaat qiling, degan iltimos bilan boshlayman", - deydi u.

Suxomlinovaning o'zi ham qochqin. U 21 kun ishg'oldagi Mariupolda bo'lgan. Polshaga qochar ekan, Lemkin markaziga ko'rsatmalar berishga rozi bo'ldi.

"21 kun davomida ko'p narsalarga guvoh bo'ldim. Endi mening vazifam haqiqatni bildirish, mariupolliklar nimalarni his qilganini aytish uchun ularning elchisi bo'lishdir", - deydi u.

Anketani to'ldirish bir necha soatgacha vaqt olishi mumkin. Ayrim guvohlar uchun yozma, ayrimlari uchun gapirib berish qulay. Har bir guvoh anonimligi kafolatlangan. Ularning ko'rsatmalari mahkamalarda ishlatilishi mumkin.

"Yagona talab - ko'rsatmalar bevosita guvohlarga asoslanishi kerak. Bu juda muhim. Bizda guvohlarning barcha shaxsiy ma'lumotlari mavjud, lozim taqdirda prokuraturaga qayta chaqirilishi mumkin", - deydi Pileskiy instituti direktori Magdalena Gavin.

Ko'rsatmalar bedarak yo'qolganlarni izlash uchun ham muhim.

"Qurbonlarning qarindoshlari bir necha yillardan so'ng o'z yaqinlariga nima bo'lganini surishtirishlari mumkin. Kerakli ma'lumotni bizning arxivlarimizdan topishadi", - deydi Katerina Leonteva.

Markaz hozirgacha Rossiya bosimiga uchragan 800 atrofidagi ukrainaliklar anketasini to'plagan. Odamlar infratuzilmalar vayron qilingani haqida gapirishadi, ammo zo'rliklar haqida gapiruvchilar kam.

Vaqt guvohlarga qarshi, deb ta'kidlaydi Lemkin markazidagilar, fojiali sanasidan qanchalik uzoqlashilsa, xotirlash ham shunchalik qiyinlashadi.

Lesya Bakalets, Malik Mansur "Amerika ovozi" uchun

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG