Breaking News

Kaliforniya musulmonlari zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilmoqda


Zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoyasiga olgan musulmonlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

Ramazon oyida Kaliforniya musulmonlari muhtojlarga yordam berishga va oiladagi zo'ravonlik haqida ogohlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

Jamila Granza Ramazon oyida muhtoj oilalarga iftorlik uchun oziq-ovqat qutilarini tayyorladi.

"Biz Ramazon oyida hamma bir xil darajada barakaga ega bo'lishini xohlaymiz, toki e’tiborimizni ibodatlarimizga qarataylik. Kun bo'yi ro'za tutgandan keyin oilamni iftorlik uchun nima bilan ta'minlash haqida o’ylamasligimiz kerak", - deydi u.

Bu San-Diegodagi Taqvo masjidida Ramazon oyida qilingan ishlarning bir qismi. Bu yerda oilaviy zo’ravonlikdan aziyat chekkan ayollar uchun boshpana ham tashkil etilgan.

"Biz o'z yurtlarimizdan olib keladigan qarashlar hali ham kundalik hayotimizda shunchalik kuchli bo'lib qolmoqdaki, odatda, oilamizdagi zo'ravonliklar haqida gapirmaymiz; chunki uyda bu odatiy hisoblanadi. Bu mamlakatda huquqlarimiz nima ekanligini ham bilmaymiz", - deydi Jamila.

Sabrina 2021-yilda Bangladeshdan Kaliforniyaga axborot texnologiyalari sohasida ishlash uchun viza olgan turmush o'rtog'i bilan kelgan.

Sabrinaning aytishicha, eri uning pasportini olib qo’ygan, telefon ishlatishiga ruxsat bermagan va muntazam uyida qulflab yurgan. Hujumga uchraganida esa homilador bo‘lgan. Sabrina "Amerika Ovozi" bilan suhbatda yuzini ko'rsatmaslikni so'radi.

“U kechasi juda mast edi. O’zini yo’qotib, meni do’pposladi, asosan, qornimga mushtladi. Shunda bas, yetar, dedim. Politsiyaga emas, tez yordamga qo’ng’iroq qildim. Ular politsiya bilan keldi va erimni hibsga oldi”, - deydi Sabrina.

Sabrina mart oyida Samara ismli qizni dunyoga keltirdi. Bu ism "Xudoning panohida" degan ma'noni anglatadi. Sabrinadan farqli o'laroq, Jamilaning aytishicha, ko'plab muhojir musulmon ayollar ingliz tilini bilmaydi. Bu esa zo'ravonlikni tark etishni yanada qiyinlashtiradi.

Michigan shtatidagi birinchi masjid tarixi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:25 0:00

"Ular qo'rqishadi, chunki zo'ravon ularga “Ortingga qaytarib yuboraman" deb tahdid qilishi mumkin va uyga qaytish ular uchun tanlov bo'lmasligi mumkin. Shu bois bu narsa tez-tez sodir bo’ladi”, - deydi Jamila.

Shimoliy Amerika Islom doirasi tashkil qilgan boshpanadagi oltita o’rinning hammasi band. Jamilaning aytishicha, maqsad zo'ravonlikka uchragan muhojir ayollarga yangi mamlakatda o'zini o'zi ta'minlashga yordam berishdir.

Sabrina hozir immigratsiya hujjatlari ustida ishlamoqda. U o’ziga o'xshagan ayollarga yordam berish uchun oliy ta’lim olish niyatida ekanini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG