Breaking News

AQShga Meksika orqali kelayotganlar soni oshishi kutilyapti


AQSh-Meksika chegarasi: muhojirlar oqimi ko'payishi kutilyapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:06 0:00

AQSh-Meksika chegarasidagi muhojirlar markazlari odamlar bilan to’lgan. Meksikaning Texas yaqinidagi Reynosa shahrida ba'zi notijorat tashkilotlar muhojirlar kelishi bilan ularga yordam berishga kirishmoqda.

Meksikaning Reynosa shahrida muhojirlar boshpanasini boshqaradigan ruhoniy Hektor Silvaning aytishicha, Texas-Meksika chegarasiga kelayotgan odamlar oqimi to’xtamayapti.

"Har kuni bizga 400 dan 450 tagacha odam keladi", - deydi u.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, butun dunyodan muhojirlar soni oshgan va pandemiya davridagi “Title 42” cheklovi 11-may kuni tugashi ortidan odamlar oqimi yanada ko’payishi kutilmoqda.

“Bizda xitoylik oilalar bor, bu meni juda hayratda qoldiradi. Ular qanday kelishyapti? Bizda chechenlar, rus oilalari bor. Dunyoning turli burchaklaridan oilalar bor”, - deydi Silva.

Boshpanada joy qolmagani bois baʼzi oilalar koʻchalarda tunamoqda.

"Bolalar suv, ovqat so'raydi va ular sizda bo’lmasa, juda qiyin. Bu o’tov ikkita kichik yopinchiqdan iborat, uni Tejuchitandan olib kelganmiz. Novdalarga suyanib turibdi va lattalar tosh bilan bostirilgan", - deydi migrantlardan biri.

Boshpanalardan joy topishga muyassar bo’lganlar chodirlarda jon saqlamoqda. Turar joyi yo’qlar esa og’ir sharoitlarda tong otdirmoqda.

"Tashlandiq uy va mashinalarda, ko'chalarda tunashyapti. Ularning boshqa joyi yo'q. Hatto lagerda ham chodirlar yetarli emas", - deydi ko’ngillilardan biri Gladis Kanyas.

Tashkilotchilarga ko'ra, Reynosadagi ikkita "Senda de Vida" boshpanasida muhojirlar soni 8500 dan oshgan.

"Bizning bolalarimiz, oilamiz bor. Venesuelada meni ta'qib qilishmoqda", - deydi AQShga kirishga urinayotganlardan biri.

Bojxona va chegara punktlarini nazorat qilishda yordamlashish uchun Oq uy Meksika bilan chegaraga qo’shimcha 1500 askar jo’natilishini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG