Breaking News

AQShda yoshlar o'limiga sabab bo'layotgan fentanil qayerdan kelyapti?


Fentanil og'usi: Qotil tabletkalar qayerdan kelyapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markaziga ko’ra, Amerikada yuqori dozali dorilar tufayli yuz berayotgan o'lim holatlariga, asosan, fentanil kabi sun’iy opioidlar sabab bo’lmoqda. Fentanilning ta’siri geroindan 50 baravar kuchli bo'lishi mumkin. AQSh huquq-tartibot idoralarining ta'kidlashicha, noqonuniy fentanil asosan Xitoydan keladigan arzon kimyoviy moddalardan tayyorlanadi va AQShga Meksika orqali olib kiriladi. “Amerika Ovozi” shu mavzuda turkum lavhalar tayyorladi.

Avtomat qurollar, yuz minglab dollar naqd pul va 27 kilogramm fentanil - bularning barchasi sintetik opioidlarga qarshi o’tkazilgan reyd paytida, Sietldagi kvartiralardan birida topildi.

Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi maxsus agenti Jeykob Galvanning aytishicha, fentanil, ayniqsa, kichik dozalarda qabul qilinganda xavfli.

“Ikki milligram fentanil miqdori qalam uchidek joyni oladi va u o’ldirish uchun yetarli doza”, - deydi u.

Ichki xavfsizlik departamenti rasmiysi Robert Hemmerning aytishicha, bu giyohvand moddalar Arizona shtati orqali Meksikadan kelgan.

"Fentanilga aloqador moddalar – uning xom-ashyosi, jihozlar va bo'yoqlar Xitoydan kelyapti", - deydi u.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Xitoy va Meksika o'rtasida fentanilning noqonuniy savdosi yo'qligini aytadi.

“Ikki davlat oʻrtasida narkotiklarga qarshi hamkorlik boʻyicha kanallar mavjud va har ikki tomonning tegishli idoralari ham yaxshi aloqada. Meksika Xitoydan kelgan noqonuniy fentanil qo’lga tushgani haqida bizga xabar bergani yo’q”, - deydi u.

Opioiddan zaharlanganlar uchun dori topish osonlashdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:30 0:00

Oq uyning ta'kidlashicha, AQSh "noqonuniy giyohvand moddalar ishlab chiqarishning oldini olish, ularning savdosi va moliyasini to'xtatish hamda jamoat sog’ligini himoya qilish maqsadida global koalitsiya tuzish harakatida.

"Biz juda ko'p amerikalik va kanadaliklarning hayotiga zomin bo'lgan sintetik giyohvand moddalarga qarshi kurashni kuchaytiryapmiz. Meksika bilan hamkorlikni oshirish va sintetik opioidlarga qarshi yangi global koalitsiya tuzish orqali fentanil kabi qotil dorilarni jamiyatimizdan yo’qotish ustida ishlayapmiz”, - dedi AQSh Prezidenti Jo Bayden.

Galvanning aytishicha, soxta tabletkalarni haqiqiysidan ajratish qiyin. Ba’zilari yosh iste’molchilarga jozibador ko’rsatish uchun kamalak ranglariga bo'yalgan.

“Ular emojilarni kod sifatida ishlatishadi. Hech kim bilan to’g’ridan to’g’ri gaplashmaysiz. Nimani va qancha xohlashingizni, narxini va qayerda uchrashishni – hammasini emojilar orqali gaplashish mumkin”, - deydi Galvan.

Uning qo’shimcha qilishicha, jinoiy guruhlar o’z mijozlariga qotil fentanil tabletkalarini taklif qilishdan tortinmaydi. Chunki ijtimoiy tarmoqalarda bozor juda katta va yangi mijozlarni topish oson.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG