Breaking News

AQSh 300 mingdan oshiq muhojirni hozircha deportatsiya qilmaydi


Alexandro Mayorkas, AQSh Ichki xavfsizlik vaziri
Alexandro Mayorkas, AQSh Ichki xavfsizlik vaziri

Salvador, Gonduras, Nepal va Nikaraguadan kelib, AQShda noqonuniy yurgan 300 mingdan oshiq migrantlar 2025-yilgacha mamlakatda qolishi mumkin. Ular hozircha deportatsiya qilinmaydi.

Bayden ma'muriyati ularga vaqtincha ruxsat bermoqda. Bu insonlar Amerikada kelasi bir yarim yil mobaynida yashash va ishlash huquqiga ega bo'ladi.

Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas deydiki, bu mamlakatlarda ekologik halokat va ofatlardan keyin hayot og'ir ekanini hisobga olib, hukumat shunday to'xtamga kelgan.

Vaqtincha himoya ostida degan maqom Kongress izni bilan beriladi va bir yarim yilgacha cho'zilishi mumkin. Undan keyin ham uzaytirilishi uchun qonuniy zamin bor.

1990-yilda joriy etilgan bu tartib xavfsiz migrantlarni himoya qilish uchun yo'lga qo'yilgan. Ular AQSh hukumatiga vatanida yashash tahlikali ekanini isbotlay olishi shart.

Bu dastur doirasida hozirda 16 mamlakatga shunday muhit sifatida qaraladi: Afg'oniston, Kamerun, Salvador, Efiopiya, Gaiti, Gonduras, Myanma, Nepal, Nikaragua, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Ukraina, Venesuela va Yaman.

Donald Tramp prezidentligi davrida bu kabi imkoniyatlar bekor qilingan edi. Lekin o'shanda ham federal sudlar Oq uyning farmonlarini chetga surib, mamlakat ayrim migrantlarga ochiq, deya qaror chiqargan.

AQShda qolish muddati cho'ziladigan har bir migrant muayyan tekshiruvlardan o'tishi kerak bo'ladi.

Ichki xavfsizlik vazirligiga ko'ra, kim qolish-qolmasligi haqida muhojirlar onlayn aniqlashi mumkin bo'ladi.

Immigratsiya tarafdorlari hukumatdan Amerikada hujjatsiz yashab yurgan millionlab ajnabiylarga shunday ruxsat berishini istaydi, ammo Kongress a'zolari orasida bunga keskin qarshilar talay. Bayden ma'muriyati ham hamma nolegal migrantlarni kechirishni istamaydi.

Vaqtincha boshpana berish qaror yangi kelayotganlarga taalluqli emas. Bu yangilik 1980, 1990 va 2010-yillardan beri AQShda yurganlar taqdiri bilan bog'liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG