Breaking News

Rossiyada qurolli isyon, Putin "Vagner" guruhini xiyonatda aybladi


"Vagner" guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin (o'ngda) Rossiyaning harbiy rahbarlarini uning Ukrainadagi qo'shinlariga hujumda aybladi
"Vagner" guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin (o'ngda) Rossiyaning harbiy rahbarlarini uning Ukrainadagi qo'shinlariga hujumda aybladi

“Vagner” xususiy harbiy guruhining yollanma jangchilari Rostov-Don shahridagi harbiy obyektlarni o’z nazoratiga olganidan so'ng Moskva tomon harakatlanmoqda. Yo’lda ularni harbiy vertolyotlar o’qqa tutgan.

Guruh rahbari Yevgeniy Prigojinning ta’kidlashicha, bu harbiy to’ntarish emas, balki markazda o’tirgan layoqatsiz harbiy qo’mondonlarni olib tashlash uchun “adolat marshidir”.

Xalqiga favqulodda telemurojaatida Prezident Vladimir Putin “Vagner” askarlarining qurolli qo’zg’olonini xiyonat deya qoralab, Rossiyaga qarshi qurol ko’targanlar jazolanishini ta’kidladi.

Rostov-Don ko'chalari, 24-iyum 2023
Rostov-Don ko'chalari, 24-iyum 2023

U Rostov-Don shahrida barqarorlikni tiklash uchun qat’iy choralar ko’rishga va’da berdi. Rossiyaning orqasiga pichoq urildi, deydi prezident.

“Prezident xiyonat haqida gapirib, chuqur xato qilayapti. Biz vatanga sodiqmiz, vatan uchun kurashdik va kurashamiz. Mamlakat korrupsiya, yolg’on va byuokratiya ichida yashashda davom etishini istamaymiz”, - deya javob berdi Prigojin.

Poytaxt Moskvada favqulodda holat e’lon qilinib, xavfsizlik kuchaytirilgan. Hukumat binolari, transport inhsootlari va boshqa muhim obyektlar qattiq qo’riqlanyapti.

Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” safida jang qilayotgan askarlarni guruhni va uning rahbarini tark etishga chaqirmoqda.

“Bizga qarshilik ko’rsatishga urinayotgan har bir kishini tahdid deb ko’ramiz va darhol yo’q qilamiz, jumladan yo’limizga to’g’anoq bo’ladigan har qanday nazorat o’tish punktlarini. Xotirjam bo’ling, provokatsiyalarga berilmang”, - deydi Prigojin.

"Vagner" kolonnasi Voronej yaqinida, 24-iyun, 2023
"Vagner" kolonnasi Voronej yaqinida, 24-iyun, 2023

“Vagner” rahbari 23-iyun kuni Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtati qo’mondoni Valeriy Gerasimovning buyrug’i bilan uning jangchilariga raketalar va artilleriyadan hujum qilinganini da’vo qildi. Gerasimov va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, deydi u, “Vagner”ni yo’q qilishga qaror qilishgan.

AQSh va boshqa boshqa hukumatlar Rossiyadagi voqealarni yaqindan kuzatmoqda. Davlat kotibi Entoni Blinken Yevropa Ittifoqi va “Katta Yettilik” guruhi doirasidagi ittifoqchilar bilan Rossiyadagi vaziyatni muhokama qilgan.

“Yaqin soatlarda Rossiya xavfsizlik kuchlarining, xususan, Milliy gvardiyaning kimga sodiqligi inqiroz qanday kechishini hal qiladi. Bu Rossiya davlatchiligi uchun eng jiddiy sinov”, - deya vaziyatni baholamoqda Britaniya rasmiylari.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Yevgeniy Prigojinni qurolli isyonda ayblab, unga qarshi jinoiy ish ochgan. Ushbu jinoyat 20 yillik qamoq jazosini nazarda tutadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG