Breaking News

AQSh nazarida ham O'zbekistonda yana bir nodemokratik saylov


O'zbekiston shu paytgacha biror demokratik saylov o'tkazmagan. Shavkat Mirziyoyev davrida ham bu borada o'zgarish bo'lmadi.
O'zbekiston shu paytgacha biror demokratik saylov o'tkazmagan. Shavkat Mirziyoyev davrida ham bu borada o'zgarish bo'lmadi.

Ko'plab o'zekistonliklarning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, demokratik saylovlar O'zbekiston uchun orzu bo'lib qolmoqda. 9-iyuldagi prezident saylovi va tashviqot jarayonini tahlil qilgan yuzlab xalqaro ekspertlar, jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) maxsus missiyasi xulosasi shuki, jarayon demokratik talablarga javob bermadi.

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ham prezident saylovini kuzatgan. Elchixona YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi singari urg'u beradiki, saylovga texnik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, ammo u siyosiy plyuralizmsiz va raqobatsiz o‘tgan.

"Demokratik tizimlar saylov jarayonlarining yaxlitligini ta’minlashdan tashqari, ovoz berishda qatnashayotgan vatandoshlarni haqiqiy, raqobatbardosh tanlash imkoniyati bilan ham ta’minlashi lozim", - deyiladi bayonotda.

Vashington O‘zbekistonni kelgusi saylovlarda YXHT tavsiyalarini to‘liq bajarishga chaqirmoqda.

"Prezident Mirziyoyev yangi vakolatlari doirasida o’z vazifasini bajarishga kirishar ekan, Qoʻshma Shtatlar uning islohotlar va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan, qonun ustuvorligi, hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro nazorat va muvozanatni taʼminlash, shaxsiy huquqlarni himoya qilish kabi kun tartibida turgan masalalarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildiradi. Bu tamoyillarga rioya qilish vakillar boshqaruvining asosi hisoblanadi", - deya bildiradi elchixona.

"Biz Prezident Mirziyoyev va Oʻzbekiston hukumati bilan AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy, taʼlim, odamlar orasidagi o’zaro munosabat va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada chuqurlashtirish yoʻlida hamkorlik qilishni kutib qolamiz".

O'zbekiston shu paytgacha biror demokratik saylov o'tkazmagan. Shavkat Mirziyoyev davrida ham bu borada o'zgarish bo'lmadi.

Saylovlar texnik jihatdan yaxshi yo'lga qo'yiladi, deya e'tirof etadi ekspertlar, ammo bu jarayonlar tanlov emas. Prezidentlikka nomzodlar orasida raqobat yo'q, amaldagi rahbar har doim ustunlikka ega.

XS
SM
MD
LG