Breaking News

Mirziyoyev: Uchinchi qasamyoddan keyin "konstruktiv muxolifat"


Toshkent, 14-iyul, 2023
Toshkent, 14-iyul, 2023

O'zbekistonni 2016-yildan beri boshqarib kelayotgan Shavkat Mirziyoyev, 66 yoshli prezident bu amal uchun uchinchi bor qasamyod keltirib, yetti yillik yangi muddatni boshladi.

Bir soatlik inauguratsiya marosimi Oliy Majlis Senatida o'tdi. Prezident nutqida bu yil o'tishi kutilayotgan parlament saylovlari haqida gap ochmadi. "Amerika Ovozi" manbalariga ko'ra, masala Konstitutsion sudda hal etilgach, ya'ni aniqlanganidan keyin davlat rahbari bu haqda so'z ochishi mumkin.

"Bugun yelkamga qanday ulug‘vor mas’uliyat olayotganimni, Vatanimiz mustaqilligi, 36 milliondan ziyod aziz xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni yurak-yuragimdan his etib turibman", - dedi Mirziyoyev.

"Mana shunday yuksak ishonch uchun, hurmat va e’tibor uchun ko‘pmillatli, mard va donishmand xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman".

Uning nomzodini ilgari surgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga tashakkur aytar ekan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod – Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan – Ulug‘bek Inoyatov va O‘zbekiston Ekologik partiyadan – Abdushukur Hamzayevdan ham minnatdor ekanini aytdi.

Oliy Majlis Senati, Toshkent, 14-iyul, 2023
Oliy Majlis Senati, Toshkent, 14-iyul, 2023

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbekistonlikning birortasi ularga real nomzod deb qaramagan. Bu uch shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlarda Mirziyoyevga emas, unga ovoz berishini so'ramagan.

"Albatta, biz turli siyosiy partiyalarga mansub bo‘lishimiz, turli g‘oya va qarashlar tarafdori bo‘lishimiz mumkin. Demokratiya degani ham aslida shu. Ammo mohiyat e’tibori bilan qaraganda, barchamizning, butun O‘zbekiston xalqining maqsadi bir. Bizning barchamizni Vatan, el-yurt manfaati birlashtiradi", - deydi Mirziyoyev.

"Xalqimizning bizga bildirgan yuksak ishonchi barchamizdan – deputat va senatorlar, vazir va hokimlar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlaridan, har bir yurtdoshimizdan belimizni yanada mahkam bog‘lab, avvalgidan ikki-uch karra ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlashni talab etadi".

Xalqaro masalalar va global muammolarga ishora qilib, Mirziyoyev "mana shunday og‘ir va tahlikali vaziyatda xalqimiz manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni – samarali ichki va tashqi siyosat yo‘lini aniq belgilab olishimiz va uni qat’iy amalga oshirishimiz lozim", - dedi.

"Endi barcha soha va tarmoqlarda tizim o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi, samaradorlik o‘zgaradi".

Oliy Majlis Senati, Toshkent, 14-iyul, 2023
Oliy Majlis Senati, Toshkent, 14-iyul, 2023

Prezident qonunchilik va ijro hokimiyatini takomillashtirish, ixcham va samarali boshqaruv tizimini tashkil etish zarurati xususida ham gapirdi.

"Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilganidek, jonajon O‘zbekistonimizni millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaromiz tinch va erkin, baxtli va farovon yashaydigan ijtimoiy davlatga aylantiramiz. Jumladan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, yangi uy-joylar qurish, aholini ichimlik suvi, energiya bilan ishonchli ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash bo‘yicha belgilab olgan vazifalarni albatta bajaramiz", - deya so'z berdi Mirziyoyev.

Muxolifat O'zbekistonga nima beradi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:24:05 0:00

Yana bir va'da:

"Biz demokratiya va ochiqlik siyosatini izchil davom ettirib, konstruktiv muxolifat faoliyatini, so‘z va matbuot erkinligi, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarini kafolatlaymiz".

Konstruktiv muxolifat deganda prezident aynan nimani nazarda tutayotgani mavhum. Odatda konstruktiv so'zi yechimlarga urg'u berib, ziddiyat emas, kelishuv yo'lidan boradigan tomonlarga nisbatan ishlatiladi. Biroq siyosatda oppozitsiya bu hokimiyatdagilarni savol tutish, muqobil siyosat taklif qilish va qonun doirasida bahs-munozara, xalqni o'ziga ishontirishga harakat qilish demakdir.

Oliy Majlis Senati, Toshkent, 14-iyul, 2023
Oliy Majlis Senati, Toshkent, 14-iyul, 2023

Mirziyoyev O‘zbekiston fuqarolari dunyoning qaysi o‘lkasi yoki mintaqasida bo‘lmasin, qonunlar himoyasida bo‘ladi va chet eldagi vatandoshlar bilan aloqalar mustahkamlanadi, deb ham va'da berdi.

"Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan har qanday rahbar bilan – u vazir yoki hokim bo‘ladimi, boshqa mas’ul vazifadagi amaldor bo‘ladimi – salbiy harakatlari bilan davlat obro‘siga putur yetkazayotgan bunday kishilar bilan uzil-kesil xayrlashamiz. Ularning o‘rniga bilimli, Vatan va xalq tashvishi bilan yashaydigan yosh-yosh yigit-qizlarni qo‘yamiz", - dedi prezident.

"Amerika Ovozi" o'zbekistonliklarning Mirziyoyev siyosati va va'dalari haqidagi fikrlarini o'rgandi. Video sahifamizda tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG