Gurvak qovun yurtida
Qoraqalpog'istonda ham qovun-tarvuz mavsumi. Gurvak yoki gurbek deya tanilgan qovunning shaydosi ko'p, hatto chet elda, chunki har yili yuzlab tonna mahsulot Rossiya va qo'shni davlatlarga eksport qilinadi. Respublikaning o'zida uning donasini 20-30 ming so'mga olasiz. Mazasi unutilmas.