Oshkoraliksiz adolat bo'ladimi? Abduqodir Mo'minovning sudi, 3-kun
Tovlamachilik va firibgarlikda ayblangan blogger Abduqodir Mo'minovga Toshkent shahar Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida prokuror 11 yillik qamoq jazosi va 3 yillik professional faoliyatni cheklash jazosini so'ramoqda. Sudning 3-kunida ham jamoatchilik vakillari muhokamani zalda kuzata olmadi. Ayblanuvchining onasi va rafiqasi zo'rg'a kirdi. Maxsus ro'yxatdagi media qo'yilsa-da, tasvirga olish taqiqlangan. "Amerika Ovozi" dan boshqa OAV sud oldida ko'rinmadi, ammo bizga ham eshik ochilmadi. Yig'ilganlar bilan blogerlar taqdiri, yopiqlik va adolatsizlik, huquqbuzarlik holatlarini muhokama qildik.